Menu
Your Cart

«Keling namoz o'qishni o'rganamiz»

«Keling namoz o'qishni o'rganamiz»
йўқ

«Keling namoz o'qishni o'rganamiz»


Mo'minning me'roji, jannatning kaliti bo'lmish namozning ruknlari, o'qish tartibi, namozdan keyin oʻqiladigan duolar tizimli tarzda sodda uslubda bayon qilingan ushbu kitob xonadoningizga yanada fayz bagʻishlashidan umidvormiz.

Nashrga tayyorlovchi: S.Arziqulov
Nashriyot: «Tong Press Print»
Hajmi: 80 bet‎
Sana: 2021 yil
ISBN: 978-9943-6745-3-0
O‘lchami: 60×84 1/8
Muqovasi: yumshoq


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2021 yil 26 yanvardagi 03-07/524-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.


Bismillahir Rohmanir Rohiim. Alloh taologa beadad hamd-u sanolarimiz bo'lsin! Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga durud va salovatlar bo'lsin! Undan madad so'raymiz va Ungagina istig'for aytamiz. O'z nafsimiz va amallarimiz yomonliklaridan Uning rahmatiga qochib panoh tilaymiz. Alloh kimni to'g'ri yo'lga boshlasa, uni yo'ldan ozdirguvchi yoʻq va kimniki haq yoʻldan ozdirsa, uni to'g'ri yo'lga yo'llovchi yo'q. Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Uning yakka-yu yolgʻizligi va sherigi yo'qligiga shohidlik beramiz. Muhammad Uning bandasi va rasuli ekanligiga shohidlik beramiz. Ey Alloh, u zotga va ahli oilasi va sahobalariga salovat yubor, salom yoʻlla, baraka ato et! Alloh odamlarning eng yaxshisi boʻlgan Muhammad sollallohu alayhi va sallamni payg'ambar elchi, yakunlovchi xotaman nabiy qilib yuborish bilan butun insoniyatga ehtirom ko'rsatdi. Hurmatli aka-ukalar, opa-singillar, mehribon qavm-qarindoshlar, togʻa-jiyanlar, do'st-yorlar, qo'ni- qo'shnilar, koʻngil yaqin ogʻaynilarimga, qardoshlarimga, qayin-bo'ynilarimga va o'zini chin dildan "Islom" dinidaman deb bilgan mo'minin-mo'minotlarga, muslimin-muslimotlarga do'stona istagi shulkim, Alloh taoloning rahmat-u mag'firatidan, Rasulullohning shafoatidan zinhor noumid bo'lmanglar. Zero, ul Zot sodiq bandalariga hamisha mehribon hamda rahmlidir, kechirguvchidir, shafoatga izn beruvchidir. Shunday ekan, islom dinining, qolaversa jannat eshigining kaliti boʻlgan “La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh", deb yurishni doimo yod- da tuting hamda Allohning amriga va paygʻambarimiz Muhammad rasululloh sollallohu alayhi vasallam- ning ko'rsatmalariga amal qiling, toki hayot ekansiz bir kecha-kunduzda 5(vaqt) namozlarni kanda qilmay o'qib, bir yilda bir oy ro'za tutib, qilgan gunohlaringizni afv etishini Allohdan iltijo qilsangiz, albatta, kechirgay. Agar namoz o'qish qoidalarini yaxshi bilmasangiz sizlarga foydalanish uchun ixtiyoringizga ushbu qo'llanmani havola qilamiz. Alloh taolodan bitmas-tuganmas ajr-u savoblar tilagan holda, bizning ham haqimizga yaxshi duolar qilishingizni o'tinib qolamiz.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Keling namoz o'qishni o'rganamiz»
11 500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3973
  • Вазни: 0.10кг
  • ISBN: 9789943674547
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 11445
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.