Menu
Your Cart

«Sodda tartil» (Qur'on o'qish qoidalari)

«Sodda tartil» (Qur'on o'qish qoidalari)
«Sodda tartil» (Qur'on o'qish qoidalari)
йўқ
«Sodda tartil» (Qur'on o'qish qoidalari)
«Sodda tartil» (Qur'on o'qish qoidalari)

«Sodda tartil»
(Qur'on o'qish qoidalari)

MUQADDIMA

Qur'oni karimni yodlash, uni oʻrganib, oʻrgatishni bizlarga ne’mat qilib bergan Alloh taologa beadad hamdu sanolar boʻlsin!

«Sizlarning yaxshilaringiz Qur'onni oʻrganib, uni oʻrgatganlaringizdir», deb marhamat qilgan Payg'ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga cheksiz salavotu durudlar boʻlsin!

Aziz oʻquvchi! Alloh taolodan yordam soʻragan holda sizlarga tajvid ilmini oson uslub bilan yodda qoldirish maqsadida taqdim etilayotgan ushbu qoʻllanma muayyan qoidalarni yodlab, amalda tatbiq qilishingiz uchun moʻljallangan. Zero, Qur'oni karimni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan bizlargachа qanday yetib kelgan boʻlsa, shunday qiroat qilish musulmonning burch va mas'uliyatlaridan biridir.

Bundan oldin ham siz aziz oʻquvchilarga «tartil» nomli risola taqdim qilingan va oʻquvchilarimiz undan ko'p manfaat olgan edilar. Biroq u risola asosan talabalar uchun mo'ljallab tuzilgani bois ma’lumot kengroq, murakkabroq berilgan edi. Shuningdek, ustozsiz tushunish qiyinroq boʻlgan harflarning maxraj va sifatlari zaruriy boʻlgani uchun boshida keltirilgan edi. Ushbu qoʻllanma aynan «tartil» kitobining anchа yengillashtirilgan sodda koʻrinishi boʻlib, qiyinroq, ammo zaruriy boʻlgan ma’lumotlar oxirida berildi. Shu xususiyatlari bilan ommabop, yengil va manfaatli boʻlib qoladi, deya umid qilamiz. Maqsadimiz barchа oʻquvchilarni qamrab olish. Ushbu qoʻllanma boshlang'ich oʻquvchilarga, «Tartil» kitobi davom ettiruvchilariga va bundan keyingi bosqich «Tartil asoslari» (Jazariy sharhi) kitobi mutaxassislarga mo'ljallangan.

Alloh taolodan ushbu ojizona ishimiz tolibi ilmlar va oʻquvchilar uchun foydali boʻlishini hamda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarimiz afv etilishini soʻrab qolamiz. Omin!
Tuzuvchi

Tuzuvchi: Jahongir Ne’matov
Nashriyot: «Qamar media
Hajmi: 64 bet‎
Sana: 2021 yil
ISBN: 978-9943-7198-8-0
O‘lchami: 60×84 1/32
Muqovasi: yumshoq

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yildagi 03-07/3013-sonli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Sodda tartil» (Qur'on o'qish qoidalari)
9 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 2968
  • Вазни: 0.10кг
  • ISBN: 9789943719880
Сотилган сони: 229
Кўрилган сони: 24862
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.