









«Qizil ajdarho»
Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yordamiga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi. Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidanda aqlliroq qotil yo'qligini isbotlamoqchi bo'ladi.
Psixologik triller janri bo'yicha eng yaxshi asarlar ro'yxatidan joy olgan jahon bestselleri "Qizil ajdarho" muallifi "The Washington Post" nashri tomonidan "Hech bir yozuvchi inson qalbida ildiz otgan zulmatni Harrisdan ko'ra chuqurroq va xolisroq yorita olmagan va yarata olmaydi ham", deya e'tirof etilgan. Stiven King esa "Harrisning trillerlarini mutolaa qilish go'yo qo'lning muzdek ipak uzra ohista harakatlanishiga o'xshaydi", deya ijobiy fikr bildirgan.
Muallif: Tomas Harris
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Sana: 2025-yil
Hajmi: 448 bet
ISBN: 978-9910-708-20-6
O'lchami: 84х108 1/32
Muqovasi: qattiq
- Stock: Мавжуд
- Код: 5885
- Вазни: 0.46кг
- ISBN: 9789910708206