«Finlyandiya ta’lim mo‘jizasi»
2001-yilda 15 yoshli fin o'quvchilari o'qish, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha «Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturi» (PISA)da eng yuqori ball olgani butun dunyoni hayratda qoldirdi. PISA testi natijalari sabab Finlyandiya maktablarining ta'lim tizimi eng yaxshisi deb tan olingach, dunyoning barcha qit'alaridagi pedagoglar fin hamkasblarining siri nimada ekanini bilish uchun ularning tajribalarini o'rganishga kirishdılar. Xelsinkidagi maktabda ikki yil ishlagan amerikalik o'qituvchi Timoti Uoker fin maktablaridagi muvaffaqiyatning zamirida juda oddiy tamoyil o'quv jarayonlarida quvnoq muhit mavjudligini ta'kidlaydi. Qisqa o'quv kunı, yengil uy vazifalari va kamroq testlar bu faqat samarali ta'lim tizimining tashqi jihatlari xolos. Uoker o'z kitobida fin ta'lim tizimi qanday tashkil etilgani, nima uchun o'quvchilar bilan ularning baholarini muhokama qilish kerakligi, bolalarga erkinlik berish va ular bilan birgalikda kunni rejalashtirish o'g'il-qizning mustaqil bo'lishiga qanday yordam berishi, devorlardagi ko'rgazmali materiallarning haddan ziyod ko'pligi o'zlashtirishning pasayishiga olib kelishi, nega tanaffus payti o'qituvchi bolalar bilan birga o'ynashi muhimligi kabi masalalar haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobda muallif o'zbek maktablarida ham qo'llash mumkin bo'lgan 33 ta strategiyani taklif etadi.
Ushbu kitobning hech bir qismi nashriyotning yozma ruxsatisiz har qanday holatda va shaklda nashr qilinishi, nusxa olinishi va tarqatilishi taqiqlanadi. Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.
Muallif: Timoti Uoker
Tarjimon: Botir Raxmanov
Nashriyot: «Global books»
Sana: 2023-yil
Hajmi: 272 bet
ISBN: 978-9943-8176-7-8
O'lchami: 13.4x20
Bichimi: 84х108 1/32
Muqovasi: yumshoq
MUNDARIJA
Tarjimondan
So'zboshi
Kirish
I BOB. YAXSHI KAYFIYAT
Tanaffuslarni rejalashtiring
Jismoniy faollikni esda tuting
Kuch-quvvatingizni tiklab oling
Sinfxonani turli narsalarga to'ldirib tashlamang
Toza havodan nafas oling
Tabiat qo'yniga chiqing
Xotirjamlik muhitini saqlab qoling
Qoidalar jadvalini tuzing
Shovqin o'lchagich yasang
Muvozanatni saqlang
II BOB. DAXLDORLIK
Qo'llab-quvvatlovchi jamoadan foydalaning
Har bir bolani yaxshi bilib oling
O'quvchilar bilan o'ynang
Natijalarni e'tirof eting
Jamoa orzusi sari intiling
O'quvchilarga tazyiq qilishlariga yo'l qo'ymang
Kafillikka olish tizimini qo'llang
Timoti Uoker
III BOB. MUSTAQILLIK
Ishni erkinlik berishdan boshlang
Zaxirada oraliq bo'sh vaqt qoldiring
Bolalarga tanlov imkonini bering
O'quvchilar bilan birga rejalashtiring
Ta'limni hayot bilan bog'lang
Bolalardan mas'uliyatni talab qiling
IV BOB. MOHIRLIK
Eng muhimini o'qiting
Darslik manbayidan foydalaning
O'qitishning texnik vositalaridan unumli foydalaning
Musiqa qo'ying
Tez-tez trener rolini ijro etib turing
Bilimlar tasdig'ini talab qiling
Yakuniy baholarni o'quvchilar bilan muhokama qiling
V BOB. DUNYOQARASH
«Oqim» holatiga intiling
Teringizni qalin qiling
Hamkasblar bilan bir finjon qahva ustida chaqchaqlashing
Ekspertlarni taklif qiling
Ta'tilda chindan ham dam oling
Quvonchni unutib qo'ymang
- Stock: Сотувда бор
- Код: 6245
- Вазни: 0.25кг
- ISBN: 9789943817678