



«Qotilning tug‘ulishi»
«Qotilning tug'ulishi» qissasining qo'lyozmasi saqlanib qolmagan, kitob holida esa 1933-yilda chop etilgan. Qissada mustaqil hayot yo'lida adashgan Sattor ismli yigit-ning boshidan kechirganlari, uning fojiasi hikoya qilinadi. Nazarimizda, asar nafaqat 1930-yillar balki hamma davrlarda ham inson va uning tarbiyasida jamiyat va muhitning tutgan o'rnini ko'rsatish nuqtayi nazaridan dolzarbdir. Sattor sarguzasht izlab kolxozga boradi, poyezdlar boʻylab kezadi, sandiroqlaydi. Xudparastlik sari ildamlayveradi. Natijada, o'z nafsi tufayli, o'g'irlikka qo'l urib, poyezd tagida qolib, oyoqlaridan ajraladi. Uning birdan bir do'sti iti tark etmaydi. Ammo takyadagi «nondo'stlari»ning gapi bilan u o'z do'stini oʻldiradi. Mana - qissaning nega «Qotilning tug'ulishi» deya atalishining sababi. Sattor, it bo'lsada, vafodor do'stining qotili boʻlish darajasiga yetdi, bir qotil jamiyatda paydo boʻldi. Uning uchun endi hech qanday muqaddas tushuncha ham, ishonch ham yo'q.
Muallif: Abdulla Qahhor
Nashriyot: «Zabarjad Media»
Sana: 2023
Hajmi: 160 bet
ISBN: 978-9943-9259-2-2
O'lchami: 13.2x20
Bichimi: 84х108 1/32
Muqovasi: yumshoq
- Stock: Сотувда бор
- Код: 6165
- Вазни: 0.15кг
- ISBN: 9789943925922