«Dunyo bolalari»
Aziz kitobxon do'stim! Siz bugunning baxtli farzandi, baxtiyor avlodisiz! Orzularingiz yo'lida qanchalik muammo va to'siqlar bo'lmasin, ulardan mardona hatlab o'tmog'ingiz uchun shunchalik ko'p umid, shunchalik ko'p imkoniyat va sizga bildirilgan ishonch bor.
Butun dunyo bolalari, ya'ni tengdoshlaringiz hayoti sizni hech qiziqtirganmi? Ular bilan imkoniyatlaringiz qay darajada bir-biriga yaqin? Orzularingiz-chi?Asqad Muxtor «Dunyo bolalari» nomi bilan mazkur kitobga jamlagan hikoyalar, ishonch bilan aytamizki, sizning dunyoga, umuman, hayotga bo'lgan munosabatingizni o'zgartirib yuboradi. Qahramonlarning ayanchli taqdirlari, yaxshi yashashga bo'lgan umidi, shu murg'ak yoshida ham gardaniga olgan ulkan mas'uliyat hissi ularga nisbatan mehringiz va muhabbatingizni oshiradi.
Muallif: Asqad Muxtor
Nashriyot: «Zabarjad Media»
Sana: 2022
Hajmi: 144 bet
ISBN: 978-9943-6870-0-4
O'lchami: 13.2x20
Bichimi: 84х108 1/32
Muqovasi: yumshoq
MUNDARIJA
Klarisa
Eh, kattalar
<<<Gavrosh>>
Dahshatli maxluq
Uchrashuv
Rog elefant
Buloq boshida - chanqoq
Qanoti singan orzu
Bobo-nabira
Kaktus
Derazadan boqqanda
"Mening Vatanim bormi?"
Kurashaman va yengaman
Abul Ali Vatanini o'rganyapti
Quyosh doim musaffo
Hikoyalar
Taft
Arvoh
Ko'k tosh
Jinni
Omon qolgan odam
- Stock: Сотувда бор
- Код: 3913
- Вазни: 0.10кг
- ISBN: 9789943687004