Menu
Your Cart

«Osonlashtirilgan Islom aqidasi risolasi» (lotin alifbosida)

«Osonlashtirilgan Islom aqidasi risolasi» (lotin alifbosida)
йўқ

«Osonlashtirilgan Islom aqidasi risolasi» (lotin alifbosida)

SO‘Z BOSHI 

Barcha hamdu sanolar Alloh taologa bo‘lsin. Biz Unga hamd aytamiz va Undan yordam so‘raymiz, Uning mag‘firat qilishidan umidvormiz. Qalbimizdagi yomonliklardan va amallarimiz xato-nuqsonlaridan Allohning panoh berishini so‘raymiz. Alloh kimni hidoyatga boshlasa, hech kim uni adashtira olmaydi va Alloh kimni adashtirsa, hech kim uni to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi.

Guvohlik beramanki, Allohdan O‘zga ibodatga loyiq biror narsa yo‘q, Uning sherigi yo‘q. Yana guvohlik beramanki Muhammad Uning bandasi va Rasulidir.

Aqida Islomning ilk davridanoq dolzarblik kasb etib kelgan mavzulardandir. Qurʼonning Makka davrida tushgan ilk sura va oyatlarining qariyb barchasi aqidaviy mazmunga ega. Payg‘ambarlikning ilk davrlari ham, asosan, odamlarning aqidasini to‘g‘rilash va tuzatish bilan o‘tgan. Bu holat aqilalar majmui insoniyatning birlamchi bilib olishi va qalbida doimiy saqlashi kerak bo‘lgan eng ustuvor g‘oyasi bo‘lishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun ham buyuk faqih Imomi Aʼzam Abu Hanifa ibn Sobit (80-150/699-767) rahmatullohi alayh aqida ilmini «Fiqhul akbar» («Eng katta fiqh» yoki «Ulug‘ fiqh») deb ataganlar. Fiqh so‘zining maʼnosi haqida esa u zot: «Fiqh — insonning o‘ziga foydali va zararli narsalarni bilmog‘idir», deganlar. Demak, har bir inson va har qanday jamiyat o‘ziga foydali va zararli g‘oya va mafkuralar, fikr va dunyoqarashlarni bilishi va o‘zlashtirishi aqida ilmining mavzusi hisoblanar ekan.

Hurmatli o‘quvchi, Islom insoniyatga hamma zamonlar va makonlarda, barcha xalqlarga manfaat keltirishi uchun nozil qilingan yagona haq dindir. Islom bu dunyoda tinchlik va xotirjamlikka, oxiratda esa abadiy saodatga erishish uchun inson hayot tarzini tartibga soladi. Ushbu kitobchada keng omma tomonidan yengil qabul qilinishi uchun Islom taʼlimotiga tegishli baʼzi muhim va asosiy jihatlari oson savol-javob tarzida bayon etildi. Bu javoblarning to‘g‘riligidan o‘quvchi ko‘nikish hosil qilishi uchun Qurʼon va sahih hadislardan dalillar ham keltirildi.

Allohdan bu kamtarona amal musulmonlarga foyda keltirishini va uni faqat Uning roziligi uchun bo‘lgan amallardan qilishini so‘rab qolaman.

Muallif: Abdulhamid Zayriyev
Nashriyot: “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti
Sana: 2022 yil 
Hajmi: 80 bet
ISBN: 978-9943-12-669-5
O‘lchami: 70x90 1/32
Muqovasi: yumshoq

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 12 yanvardagi  03-07/155 raqamli hulosalari asosida  tayyorlangan

Mundarija


So‘zboshi 

1 Islomning ustunlari  

2. Iymonning ustunlari  

3. Insonning Alloh taoloning oldidagi majburiyati  

4. Tavhidning ko‘rinishlari va foydalari

5. Amallarimizning Alloh tomonidan qabul bo‘lishi shartlari 

6. Katta shirk va uning ko‘rinishlari  

7. Katta shirkning turlari  

8. Kichik shirk  

9. Vasila (vosita)

10. Qurʼon va hadislarga mufoviq yashamoqlik  

11. Islom dinida sunnat va bidʼat (dinga kiritilgan yangi narsa)  

12. Mustajob duolar 

Xulosa o‘rnida  

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Osonlashtirilgan Islom aqidasi risolasi» (lotin alifbosida)
12 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3397
  • Вазни: 0.10кг
  • ISBN: 9789943126695
Сотилган сони: 1
Кўрилган сони: 7617
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.