Menu
Your Cart

«Rasmli to'rt tilli lug'at»

«Rasmli to'rt tilli lug'at»
«Rasmli to'rt tilli lug'at»
йўқ
«Rasmli to'rt tilli lug'at»
«Rasmli to'rt tilli lug'at»

«Rasmli to'rt tilli lug'at»

So'z boshi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kengashlarida ish yuritish uchun qo'llanadigan yetti tilning tarkibiga kiruvchi arab, ingliz va rus tillari hamda o'zbek tilining A1 va A2 darajasidagi so'zlarni oʻrganishga qaratilgan ushbu rasmli to'rt tilli lug'at 6000 ga yaqin so'zni o'z ichiga olgan. Lug'atda keltirilgan har bir so'z til o'rganuvchining ko'z o'ngida saqlanib qolishi uchun ma'nosiga muvofiq rasmlar bilan berib borilgan bo'lib, bu o'quvchida lug'at yodlash jarayonida tez zerikib qolish yoki toliqish kabi holatlarning sezilarli darajada oldini oladi va lug'at yodlovchiga ayrim tushunchalarga oydinlik kiritish, ularni aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Ushbu to'rt til ichida Qur'on tili bo'lgan arab tilini o'rganishga ishtiyoqmandlarning ko'pligi, ularning bu tilni o'rganishga turli jihatlardan yondashayotganliklari, ko'p yoki oz bo'lsa-da oldinga harakat qilayotganliklari hech kimga sir emas. Yurtimizdan chiqib dunyoga mashhur bo'lgan olimlar, xususan, Imom Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino va Mirzo Ulug'beklar o'zlarining ilmiy asarlarini arab tilida bitganlari shu asarlarning asliyatidan boxabar bo'lishni istaganlarga arab tilini o'rganishni taqazo qiladi. Shuningdek, jahon tillaridan biri bo'lgan, dunyodagi insonlar orasida asosiy aloqa vositasi hisoblangan ingliz hamda rus tillarini bilish ham ahamiyatlidir. Shu sababli ushbu lug'at mazkur ikki tilni ham o'rganishga qaratilgandir. Ushbu rasmli to'rt tilli lug'at qay darajada ahamiyatli so'zlarni qamrab olganligi kitobning mundarija qismida yaqqol ko'rinib turibdi. Lug'atdan to'rt tildan bittasini bilgan har qanday inson qolgan uch tilni o'rganish uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Lug'at hajman o'rtacha bo'lishiga qaramay faol so'zlarni o'z ichiga olganligi sababli til o'rganuvchilarga manfaatli bo'ladi degan umiddamiz.


Loyiha rahbari va so'zboshi muallifi: Azizbek Isamutdinov
Nashriyot: «Aktaskitap.com»
Sana: 2022-yil
Hajmi: 181 bet
ISBN: 978-6056-78-393-7
O‘lchami: 84x84 1/16
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Rasmli to'rt tilli lug'at»
42 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3848
  • Вазни: 0.30кг
  • ISBN: 9786056783937
Сотилган сони: 149
Кўрилган сони: 15025
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.