Menu
Your Cart

«Borar yo'ling Turkistondir...»

«Borar yo'ling Turkistondir...»
«Borar yo'ling Turkistondir...»
йўқ
«Borar yo'ling Turkistondir...»
«Borar yo'ling Turkistondir...»

«Borar yo'ling Turkistondir...»

XX asr o'zbek milliy uyg'onish harakati - jadidchilikning yorqin vakillarining hamon dolzarbligini yo'qotmay kelayotgan uyg'oq fikrlari aks etgan ushbu to'plamga milliy va tashqi davriy nashrlarda e'lon qilingan safar xotiralari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga doir maqolalar, adabiy materiallar kiritildi. Shuningdek, Mahmudxoʻja Behbudiyning qator maqolalari va «Farg'ona xotiralari»ning davomi, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ismoil Obidiy, Ahlulloh Haybullin, Mo'minjon Muhammadjonov, Ahmadjon Bektemirov maqolalari, Abdurauf Muzaffarzoda qalamiga mansub tanqidiy maqolalar hamda «Ong umidlari» hikoyasi ilk bor e'lon qilinmoqda. Ushbu nashr XX asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy tafakkurining shakllanishi, milliy uyg'onish davri bilan qiziquvchi mutaxassislar hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.


Mualliflar: Zaynobidin Abdirashidov, Nodira Egamqulova
Nashriyot: «Akademnashr»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 352 bet
ISBN: 978-9943-8348-9-7
O`lchami: 60×84 1/16
Muqovasi: yumshoq


KIRISH

O'n besh yil davomida ushbu kitobni yozish ustida izlanarkanman, koʻp, juda ko'p insonlar va institutlar oldida qarzdor bo'lib qoldim. Eng noyob resurs - o'qituvchilikdan ozod etilgan vaqt uchun Gumanitar fanlar boʻyicha milliy fond (National Endowment for the Humanities), Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika kengashlari (the American Councils for International Education), Amerika tadqiqot jamiyatlari kengashi (the American Council of Learned Societies), Nyu-Yorkdagi Karnegi korporatsiyasi (the Carnegie Corporation of New York) hamda Jon Saymon Guggenhaym fondi (John Simon Guggenheim Foundation)ga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Kongress kutubxonasi qoshidagi Jon V.Klyug nomidagi olimlar markazi ushbu kutubxonada 2010 - 2011-yillarda olti oy tadqiqot o'tkazishimga moliyaviy yordam berdi. Ammo ushbu kitobni maromiga yetkazish grant beruvchilarga men va'da qilgan muhlatdan ham ko'proq vaqt oldi. Ularning barchasiga sabr-toqat bilan kutganlari uchun rahmat aytaman va yakuniy natija kutishga arzigulik ish bo'ldi degan umiddaman. Pullada oilasiga, ayniqsa, Leon B.Pulladaga 2010-yil oktyabrida Prinston universitetida turkum ma'ruzalar o'qishga taklif qilgani uchun tashakkur aytaman. Aynan shu ma'ruzalar kitobning umumiy strukturasini boshdan-oxir o'ylab olishimga turtki berdi. 2010-yilning iyun oyida Parij shahridagi Fondation des Sciences de l'Homme tomonidan taqdim etilgan qisqa muddatli tadqiqot safari fransuz hamkasblar bilan samarali aloqani yo'lga qo'yishga hamda Mustafo Cho'qayning qo'lyozmalari bilan tanishishga imkon berdi. Shuningdek, ma'ruzalar davrida ushbu kitob materiallari bo'yicha bergan savol va fikrlari uchun ko'plab insonlardan cheksiz minnatdorman. Ayniqsa, eng foydali taqdimot 2012-yilning martida Berkli universitetidagi Rossiya tarixi to'garagida qilgan taqdimotim bo'ldi. Ishtirokchilarning fikrlari asarni qanday yakunlash borasida boshi berk ko'chadan chiqishimga ko'mak berdi va ushbu kitobning yakuniy qoralamasi yoziladigan yo'lga to'g'rilab qo'ydi. IV bob «Usmonli imperiyasi va Sovet dunyosi orasidagi Markaziy Osiyo>> sarlavhasi bilan dastlab «Kritika» (Kpитика. 2011. №º2. - S.451 - 76) jurnalida dunyo yuzini ko'rdi. XII bob esa rus tilida «Рождение надии» sarlavhasi bilan <<Neprikosnovenniy zapas» jurnalida ilk chop etilgan (Henрикосновенный 3anac. 2011. №78.-S.34-46). Mana, yillar davomida ko'plab do'stlarim va hamkasblarimning qo'llab-quvvatlovi, maslahati, dalda va ko'magidan behad foyda topdim. Men bilan qimmatli, har kim ham qo'lga kiritavermaydigan manbalarni boʻlishgan insonlarga alohida tashakkurimni aytaman. Hozirgacha xorijiy olimlarga yopiq bo'lib kelayotgan Toshkentdagi Kommunistik partiyaning arxivlarida 1991 - 1992-yillarda ishlashga musharraf bo'lgan Shoshana Keller o'z qaydnomalarini men bilan o'rtoqlashdi. Kitobning o'n birinchi bobidagi «O'z PAA»> izohi bilan berilgan manbalar uning mehnati mahsulidir. Sh.Kellerning beminnat tuhfasisiz ushbu bob g'arib bo'lib qolardi. Kishiga huzur bag'ishlaydigan suhbat-u ajoyib mehmondo'stlikdan tashqari Stefan Dudoyinon Samarqandda fors tilida chop etilgan «Shu'layi inqilob» (Shu'la-yi inqilāb) jurnalining raqamlashtirilgan nusxasini taqdim etdi. Sherali aka Turdiyevning sharofati bilan Toshkentdaligimda Laziz Azizzodaning nafaqada yurgan yillari «g'aladon uchun» yozgan qaydlaridan ikki nusxa oldim. Afsuski, Sherali akaga kitobimni ko'rish nasib etmadi. O'zbekistonga borganimda Rinat Shihabiddinov, Elyor To'raqulov (Musaboyev), Ergash aka Umarov behad ko'mak berib, alohida g'amxo'rlik ko'rsatishdi. Yozayotgan ishim davomida yo'lboshlovchilik qilgan do'stim Akrom Habibullayev esa past-baland yo'llarda beminnat yordam qo'lini cho'zdi. Bryus Grant do'stlik rishtasidan ham yuksakroqqa ko'tarilib, qo'lyozmalarimning so'nggi qoralamasigacha o'qib chiqdi. Shahzod Bashir bo'lsa ushbu harakatga aloqador uzluksiz monologlarni tinglab, yo'lning poyoniga yetgunimizcha o'zining dono maslahatlarini ayamadi. Qo'lingizdagi kitob Sergey Abashin, Laura Adams, Munira Azzot, Baxtiyor Bobojonov, Maykl Devid Foks, Klou Driu, Adrian Edgar, Gero Fedke, Vinset Furniyeu, Vladimir Genis, No'monjon G'afforov, Fran Hirsch, Pyotr Holkuist, Mariana Kamp, Emin Lelij, Terri Martin, Kris Myorfi, Dug Nortrop, Madelin Rives, Jeff Sahadeo, Paolo Sartori, Paul Stronski, Barno opa Umarova, Frans Vennberg hamda Tomohiko Uyamaning beminnat ko'magi va qo'llovisiz g'arib ahvolda, aro yo'lda qolib ketgan bo'lardi. Uoker Adam, Meyhil Fouler va Artemiy Kalinovskiy bibliografik hamda muhim materiallardan nusxa olishda beg'araz yordam berishdi. Karlton kollejidagi hamkasblar uzoq yillar davomida menga ko'p ishlarda astoydil tirgak boʻlishdi. Skott Karpenter (bob boʻyicha chuqur fikr bildirgan inson), Syuzanna Ottovey va Devid Tompkinsga alohida rahmat deyman. Rojer Heydon qo'lyozmalarni qayta ko'rib chiqish orqali ularning puxta tayyorlanishiga hissa qo'shdi. Nihoyasi ko'rinmas loyihaning oxir-oqibat yaxlit kitobga aylanishi ustida u bilan ishlash maroqli boʻldi. Rojer, shuningdek, yakuniy xulosalarda behad asqatgan fikrlarni aytgan qoʻlyozma taqrizchilarini ham did bilan tanlagan. Kitobdagi ajoyib xaritalarni Bill Nelson chizdi. Syuzan Barnet, Karen Laun va Emili Povers kitob tayyorlash jarayoniga quvonch bag'ishladi. Loyiha davomida Karlton kolleji ishlash uchun eng bop joy bo'ldi. Mazkur kollej 2000 2001-yillarda o'qituvchilar malakasini oshirish uchun ajratilgan grant arxivlarga kirish imkonini berdi. O'shandan beri kollej grant ajratish va ilmiy-tadqiqot safarlarini qo'llab-quvvatlashda saxovat ko'rsatib kelmoqda. Jeyn va Rafael Breynshteyn kafedrasi Osiyoshunoslik va tarix bo'yicha izlanishlarimga ko'rsatgan g'amxo'rligi uchun chin dilimdan minnatdorman. O'zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix institutida 2000 - 2001-yillarda tadqiqot olib borishga muvaffaq bo'ldim, Markaziy Osiyo tadqiqotlarining Fransuz institutida esa chinakam hamkasblik ruhini his etdim. Shuningdek, asosiy izlanishlarimni olib borgan quyidagi muassasalar: O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining Nodir kitoblar bo'limi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Rossiya Federatsiyasining davlat arxivi, Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxivi, Rossiya davlat kutubxonasi, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi, Britaniya kutubxonasi, Istanbuldagi Otaturk kutubxonasi jamoalariga minnatdorligimni bildiraman. Illinoys universitetidagi Slavyan ma'lumotlar xizmati qator savollarimga javob bergani o'ta samarali boʻldi. Karlton kollejidagi Laurens MakKinley Guld kutubxonasining xodimlariga beminnat ko'mak uchun ko'pdan- ko'p rahmat aytaman. Boshlagan ishimni oxirigacha qo'llab turgan ahli oilam oldida esa umrbod qarzdorman. Kitobni yozishga o'tirgan chogʻim qizim Leyla hali tugʻilmagandi. Shuning uchun u otasining bu ishga boshi bilan sho'ng'imagan paytni hali ko'rmagan ham. U loyiha yakuniy shaklini olayotganidan juda xursand hozir. Xorun «4» raqamli tor-tanqis xonadonimizdagi mashaqqatlarga chidab, shu kitob bilan birga ulg'aydi. U universitetni bitirishidan avval kitobimga nuqta qo'yaman deb o'ylagandim va shunday bo'ldi. Sheril esa uni uchratganimdan beri yo'lchi yulduzimga aylangan. Uning mehr-muhabbati, dalda-tasallisisiz hech bir ishim yakuniga yetmasdi. Uning oldidagi qarzimni so'z bilan ifodalashim qiyin.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Borar yo'ling Turkistondir...»
42 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3934
  • Вазни: 0.60кг
  • ISBN: 9789943834897
Сотилган сони: 4
Кўрилган сони: 9305
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.