Menu
Your Cart

«Premier» (Ingliz va rus tillarida oson so'zlashish metodikasi)

«Premier» (Ingliz va rus tillarida oson so'zlashish metodikasi)
йўқ

«Premier»
(Ingliz va Rus tillarida oson so'zlashish metodikasi)

So'zboshi

Siz ushbu kitobni qo'lingizga olibsiz, demak o'z hayotingizni o'zgartirishga, ozingizni yana bir emas, bira to'la ikki daraja rivojlantirishga qaror qilganingiz aniq. Chunki ushbu kitobimiz sizga ingliz va rus tillarini o'rganish va bu orqali butun dunyoni zabt etishingizga, qolaversa o'z dunyoqarashingizni rivojlantirishingizga, shuningdek kelajakda ajoyib karyera qilishingizga as qotishiga ishonamiz. Zero, til bilish bugungi kunda butun dunyo imkoniyat eshiklarini ochadigan kalitdir. Ushbu kitob oldingilariga o'xshamagan holda, faqatgina kerakli ma'lumotlar bilan boyitilganligi va deyarli hammaga, ya'ni, o'qituvchilar, o'quvchilar, talabalar, umuman olganda ingliz va rus tillarini o'rganishga qiziqish bildiruvchi keng ommaga moslab tayyorlanganligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitobdan ham boshlang'ich bilimga ega, ham bilim olishni endigina boshlagan ilim talabalar bemalol foydalana olishi ham uning katta yutuqlaridan biridir. Ushbu kitob sizga hayotning har qanday vaziyatida tildan bemalol foydalana olish imkoniyatini yaratishi bilan ajralib turadi. Hayotiy vaziyatlarda qanday yo'l tutish, qanday so'zlardan foydalanish, gaplarni qanday shakllantirish va ushbu ko'nikmalarni o'zlashtirish kabi qiyinchiliklardan aynan mana shu kitob orqali qutulishingiz mumkin. Biz esa ijodiy jamoamiz bilan sizga til o'rganish jarayoningizda omad va sabr tilab qolamiz!

Bundan tashqari kitobdan elektron qalam orqali ham foydalanishingiz mumkin.

- Speaker yordamida tillarning talaffuz qoidalarini oson va samarali o'rganish imkoniyati;
- O'z xotirasiga ega speaker ovoz yozib olish xususiyatiga ega bo'lib, o'z tallafuzingiz ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'lasiz;
- Speaker sizga doimiy ravishda diqqatni bir yerga jamlashga yordam beradi;
- Speakerning quloqchin ulash imkoniyati undan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish imkonini beradi.

Mualliflar: Abdullayev Madaminbek, Saparov Mavlonbek
Hajmi: 227 bet
Sana: 2021
Muqovasi: qattiq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Premier» (Ingliz va rus tillarida oson so'zlashish metodikasi)
830 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 2672
  • Вазни: 0.60кг
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 20403
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.