Янги
«Chekinma - bu aynan sening yo'ling»
Hayot to‘siqlarsiz bo‘lmaydi. Rayan Holidey ushbu kitobida har bir g‘ov — aslida o‘z yo‘limizning o‘zagi ekanini isbotlaydi. Stoik faylasuflarning donishmandligi asosida yozilgan bu kitob, muammolarga boshqacha nazar bilan qarash, ularni yengish va ulardan o‘sishga sabab topish yo‘lini ko‘rsatadi. Chekinish emas, oldinga intilishga undaydi.
Muallif haqida
Rayan Holidey — Taker Maks va Dov Charni singari taniqli mijozlar uchun bir necha yillardan beri ishlab kelayotgan, shuningdek, Tim Ferrisning “Haftasiga to‘rt soatlik ish” reklama loyihasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan media-strateg. O‘n to‘qqiz yoshida kollejni tamomlagach, nafaqat bestseller kitoblar mualliflariga, shuningdek mashhur musiqachilarga ham o‘zining qimmatli maslahatlarini berib keladi. Hozirda u “American Apparel” kompaniyasining marketing direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda va uning g‘oyalari “Twitter”, “YouTube” va “Google” tomonidan amaliy tadqiqotlar sifatida foydalanilmoqda. Uning “Ishoning, aldayapman” nomli ilk mualliflik asari “Wall Street Journal” gazetasining eng ko‘p sotilgan kitobiga aylandi. Ayni paytda, Rayan Nyu-Orleanda istiqomat qilmoqda.
“Chekinma — bu aynan sening yo‘ling” kitobi haqida bildirilgan iliq fikrlar
“Rayan kundalik hayotimizda uchraydigan har qanday muammoga bosiklik va sovuqqonlik bilan yondashish, har kimga yordam berish mumkinligi to‘g‘risidagi falsafasini sinf xonasidan tashqariga olib chiqdi-da, asl turishi kerak bo‘lgan joyga o‘rnatdi-qo‘ydi. Hayot uchun qo‘llanma sifatida bu kitobga qayta-qayta murojaat qilar ekansiz, qiyinchiliklarni yengib o‘tib, har qanday ziddiyatni osongina hal qilishni o‘rganasiz. O‘qilishi mutlaqo shart bo‘lgan kitob”.
Muallif: Rayan HolideyTarjimonlar: «Everest» tarjimonlar jamoasiNashriyot: «Best book»Hajmi: 224 bet
Sana: 2025-yil ISBN: 978-9910-8111-3-5O‘lchami: 84×108 1/32Muqovasi: yumshoq
«Chekinma - bu aynan sening yo'ling»
34 000 сўм
- Stock: Сотувда бор
- Код: 6884
- Вазни: 0.21кг
- ISBN: 9789910811135
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 51