Menu
Your Cart

«Yangi alifbo» (qiziqarli mashqlar yordamida)

«Yangi alifbo» (qiziqarli mashqlar yordamida)
«Yangi alifbo» (qiziqarli mashqlar yordamida)
йўқ
«Yangi alifbo» (qiziqarli mashqlar yordamida)
«Yangi alifbo» (qiziqarli mashqlar yordamida)

«Yangi alifbo»
(qiziqarli mashqlar yordamida)

Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo'nalishi tanlab olinib, alohida e'tibor bilan rivojlantirilmoqda. O'zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillami bilishga ehtiyojni oshirmoqda. So'nggi yillarda O'zbekistonda xorijiy tillarni o'qitish va soha mutaxassislarini tayyorlash haqida gap ketganda asosan G'arb tillari, birinchi navbatda ingliz tili nazarda tutildi. Aslida o'qitilayotgan barcha tillarga, shu jumladan, Sharq tillarini o'rgatishga ham birdek sharoit yaratish lozim edi. Amalda bunday bo'lmadi. O'tgan asrning 90-yillaridan Sharq tillari o'qitiladigan maktablarga munosabat o'zgardi. Ayniqsa arab, fors tillari turli diniy oqimlarning kirib kelishi, Islom dinining keng tarqalishi orqali yoshlarda radikal qarashlar shakllanishiga olib keladi degan faraz ilgari surildi. Sharq tillarini o'qitishdan ko'ra ilg'or G'arb tillarini o'rgatishga asosiy e'tibor qaratish zarur degan aqida hukmron bo'la boshladi. Ayni paytda esa jadallik bilan rivojlanib borayotgan Yangi O'zbekistonimizda olib borilayotgan islohotlar tufayli tashqi siyosat, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar tufayli ilgari yo'l qo'yilgan noo'rin harakatlarimiz tuzatilyapti. Diniy-ma'rifiy masalalarda ham shaffoflik ta'minlanib, ishlar to'g'ri o'zanga tushyapti. Qolaversa, Sharq tillarini o'rganaman degan minglab o'quvchilar shu tillarni puxta egallab, kelgusida yetuk sharqshunos bo'lishni orzu qilishga haqlidirlar. Zero, buyuk bobolarimiz, umuman, barcha ziyolilarimiz yaqin o'tmishgacha uch tilni - ona tili, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ko'plab o'lmas asarlarini shu tillarda bitgan.
Biz ham shu maqsadda arab tilining yangi o'quvchilari, xususan, bolajonlarimizga yanada qulay bo'lishi uchun yangi usuldagi ushbu alifboni tayyorlashga jazm qildik. Mazkur kitobni tayyorlash jarayonida quyidagi usullarga amal qilingan;

1. Arab harflari tartibi bo'yicha o'rgatilgan bo'lib, uning shaklan o'xshashligi ham inobatga olingan.
2. Birinchi bo'limdagi harflar tugashi bilan ortidan arab tiliga xos bo'lgan harakatlar, ya'ni fatha, kasra va damma harakatlari haqida ma'lumot berilgan.
3.Kitobda har bir harfning alohida ko'rinishi bilan bir qatorda uning so'z boshida, o'rtasida va oxiridagi shakllariga ham to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, bir harf bilan tanishtirilgan sahifaning yuqori qismida harfni bo'yash uchun shakli va uni o'rganishni osonlashtiradigan she'r parchasi berilgan.
4. Yangi harflar guruhiga o'tishdan oldin o'rganilgan harflarni mustahkamlash uchun turli mashqlar berilgan.

Aziz bolajonlar! Qo'lingizdagi ushbu kitob sizni betakror va jozibador arab alifbosi bilan tanishtiradi. Kelgusida puxta bilim olishingiz va barkamol inson bo'lib voyaga yetishingizda o'ziga xos hissa bo'lishi uchun mualliflar qo'llanmani turli-tuman qiziqarli mashqlar, she'rlar va ma'lumotlar bilan ham boyitgan. Aqlingiz charxlansin deya ustozlarimiz sidqidildan mehnat qilgan. Qo'llanmani tuzish jarayonida bizdan o'z yordamini ayamagan barcha insonlar ham yoshlarimiz istiqboli porloq bo'lishi uchun astoydil jon kuydirayotgan millatsevarlardir. Sizlar ham ilmda mohir bo'lib, xuddi ulardek el koriga yarashga intilib yashang!
Muallifdan

Muallif:
 Sardorxon Jahongir
Nashriyot: «Turon-Ilm-fan» nashriyot-matbaasi
Sana: 2022-yil
Hajmi: 136 bet
O‘lchami: 60x84 1/8
ISBN: 978-9943-8565-0-7
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Yangi alifbo» (qiziqarli mashqlar yordamida)
42 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3823
  • Вазни: 0.30кг
  • ISBN: 9789943856507
Сотилган сони: 5
Кўрилган сони: 13009
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.