Menu
Your Cart

‎«Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi)‎

‎«Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi)‎

‎«Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi)‎

    Mazkur savol-javob kitobi shu xildagi boshqa qo‘llanmalardan ayrim afzalliklari bilan farq qiladi. ‎Ya'ni, u o‘qituvchilarning ham, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va maktab o‘quvchilarining ham, ‎abituriyentlarning ham qiziqish hamda ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaratildi. Shu bois ‎o‘qituvchi undan zarur mavzu bo‘yicha savollar bazasini shakllantirish uchun foydalanishi mumkin ‎bo‘lsa, o‘quvchi va abituriyent aniq bir mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan narsalarni topa ‎oladi.‎
   Qo‘llanmani shakllantirishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun amalda bo‘lgan «Ona ‎tili», «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», «Adabiyot», «Ona tili va adabiyot» darsliklari bilan bir qatorda ‎ko‘pchilikning nazaridan chetda qolib kelayotgan, lekin akademik litseylar uchun darslik va o‘quv ‎qo‘llanma sifatida tavsiya qilingan «Adabiyot qoidalari» va «Xalq og‘zaki ijodi» kitoblari ham asos ‎qilib olingan va savollar darslik-majmualardagi mavzular ketma-ketligi bo‘yicha tartiblangan.‎
   Kitobning afzalliklaridan yana biri shuki, unda «Ona tili» va «Adabiyot» faniga bir-birini taqozo ‎etadigan fanlar sifatida qaraldi. Bu narsa esa abituriyentga qulaylik tug‘diradi, ya'ni endi u har ikki ‎fanga oid ma'lumotlarni bitta manbadan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ‎darsliklarning mashqlar, savol va topshiriqlar qismidan ham savollar tuzildi. Savollar jamlanmasi ‎darsliklar o‘sha mavzular bo‘yicha tartiblangani uchun takrorlar uchrashi aniq. Olingan ma'lumotni ‎esga olishga va xotirada mustahkamlashga xizmat qilishini nazarda tutib bunday takrorlarni ‎saqlashga qaror qilindi.‎
   Kitobda bundan oldin nashr qilingan ushbu xarakterdagi kitoblar tajribasidan ijodiy foydalanilishi ‎barobarida ularda uchraydigan ayrim bahstalab holatlar va bir tushuncha atrofidagi farqli ‎ma'lumotlar zarur o‘rinda havola ko‘rinishida qayd etildi. Masalan, Asqad Muxtorning vafot etgan ‎sanasi 5 va 7-sinf «Adabiyot» darsliklarida «1997 yil» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 8-sinf «Adabiyot» ‎darsligida «1996 yil» deb, akademik litseylarda foydalanilayotgan «Adabiyot» darsligida esa «2004 ‎yil» deb qayd qilingan.‎

 

Tuzuvchilar: Shavkat Yangiboyev, Safarali Qurbonov, Shahnoza Qahhorova
Nomi: «Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi) ‎
Nashriyot: «Akademnashr» Nashriyot-matbaasi
Sana: 2015 yil
Hajmi: 736 bet
ISBN: 978-9943-985-43-8‎
O‘lchami: 84x108 1/32‎
Muqovasi: Yumshoq

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
‎«Ona tili va adabiyot» (savol-javob kitobi)‎
22 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 281
  • Вазни: 0.55кг
  • ISBN: 9789943985438
Сотилган сони: 7
Кўрилган сони: 58381
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.