«6 daqiqa»
(Sizning hayotingizni oʻzgartirib yuboradigan kundalik)
Germaniyada eng koʻp sotiladigan motivatsion kundalik. Amazon bestselleri. 17 tilda tarjima qilingan. Bu kundalik tufayli har kuni butun dunyo boʻylab 600 odam oʻzini baxtliroq his qiladi. Baxt omad yoki vokealarning tasodifiy bir-biriga toʻgʻri kelib kolishi natijasi emas. Toʻgʻri «sozlanish» va fikrlash tarzi baxtli boʻlishga yordam beradi. Ertalab 3 daqiqa va kechqurun 3 daqiqa - hayotingizni yanada ongliroq, uygʻunroq, demak baxtliroq qiladigan yaxshi odatlarni rivojlantirish uchun shunchagina vaqt kerak boʻladi. Pozitiv psixologiya va neyrobiologiyaning amaliyotda tasdiqlangan tamoyillari oldingizga qoʻygan maqsadga erishishga, qiyinchiliklarni yengib oʻtishga, boshqalar bilan munosabatlaringizni yaxshilashga va hayotda ishonch bilan qadam bosishingizga yordam beradi. Bu kundalik bilan bilan siz hayotingizni doimiy va proaktiv ravishda, bosqichma-boskich va har kuni yaxshilab borishingiz mumkin!
Muallif: Dominik Spenst
Nashriyot: «Best book»
Sana: 2022 yil
Hajmi: 288 bet
ISBN: 978-9943-8134-4-1
Muqovasi: qattiq
Ajoyib xotiralarni birma-bir eslash kelajak haqidagi behuda orzularga berilishdan koʻra ancha yoqimliroqdir. «6 daqiqa» kundaligi aynan shuning uchun asqotadi, bu kitob yordamida siz shu yerda va hozir yashash va hayotni qadrlashga yanada ongli ravishda amal qilishingiz mumkin. Bu kitobdagi yozuvlar baxtli boʻlishingizga yordam beradi. Ushbu kundalikni yaratish orqali men har kimga oʻzi uchun eng toʻgʻri yoʻl tanlashda qoʻllab-quvvatlashni, kundalik hayotni proaktiv va zavqli qilishga yordam berishni xohladim. Sizning koʻz oldingizda katta ruhiy saʼy-harakatlar evaziga va hayotning mayda-chuydalariga boʻlgan muhabbat ila yaratilgan noyob asbob turibdi, lekin u fakat sizning qoʻlingizda haqiqiy ahamiyatga ega boʻladi. Siz oʻz orzularingizni roʻyobga chiqarishingiz va oʻzingiz tuzgan kundalikda shaxsiyatingizning noyob qirralarini aks ettirishingiz mumkin. Demak, yozing - va baxtli boʻling!
Siz erishishingiz mumkin boʻlgan hamma narsa sizda allaqachon mavjud!
Dominik Spenst
- Stock: Мавжуд
- Код: 3716
- Вазни: 0.65кг
- ISBN: 9789943813441