Menu
Your Cart

«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)

«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)
«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)
Тез кунда
«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)
«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)

«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)

Ustozni hurmat qilish, uni e’zozlash kerakligi haqida ko‘p gapiriladi. Yurtimizda ustozlarga bo‘lgan ehtiromning in’ikosi sifatida yilning ma’lum kunini ustoz va murabbiylar kuni deb e’lon qilinishi ham quvonarli hol. Biroq ustozga nisbatan odob deganda nimalar tushunilishi, uning me’yorlari haqida ko‘pchilik ilm toliblarida yetarli tasavvur yo‘q. Shuning uchun ba’zan hurmat ko‘rsataman deb odobsizlik qilib qo‘yish ham hech gap emas. Mana shu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida ushbu risola tayyorlandi.
Ustoz shogirdlardan odobni bevosita o‘zi talab qilsa, kimlardir buni hurmattalablik deb qabul qilishi mumkin. Ko‘pincha ustozlar kamtarlik yuzasidan ham bu mavzuda shogirdlarga biror so‘z aytishga tortinadi. Ushbu kitobcha bu oraliqda munosib rishta bo‘lishi e’tiborga molikdir. Odoblar raqamlar ostida sanalib, ma’lum tadrijiylik asosida tartiblangani o‘quvchiga ma’lumotlarni o‘zlashtirishni yanada osonlashtiradi.

Muallif
: Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li
Nashriyot: "Hilol nashr"
Sana: 2026-yil
Hajmi: 164 bet
ISBN: 978-9910-731-88-4
O‘lchami: 84x108 1/32
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Ustoz» (ustozga nisbatan 50 odob)
0 сўм
  • Stock: Тез кунда
  • Код: 0000
  • Вазни: 0.27кг
  • ISBN: 9789910731884
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 39