«Qanday qullik tushdi»
Munavvarqori Abdurashidxonov Markaziy Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchilaridan, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usul maktablari asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. U usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozib dars bergan.
Munavvarqori Abdurashidxonov ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Munavvarqori Abdurashidxonov oʻz faoliyati davomida pedagoglik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan. Ushbu kitobdan uning maktablar uchun yozilgan tarix va geografiyaga oid asarlari, ijtimoiy-siyosiy va milliy ruhdagi maqola hamda hikoyalari oʻrin olgan.
Muallif: Munavvarqori Abdurashidxonov
Sana: 2024-yil
Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»
Hajmi: 192 bet
ISBN: 978-9910-9211-8-6
O'lcham: 84x108 1/32
Muqovasi: yumshoq
«Qanday qullik tushdi»
17 000 сўм
- Stock: Мавжуд
- Код: 5119
- Вазни: 0.14кг
- ISBN: 9789910921186
Сотилган сони: 1
Кўрилган сони: 99