









«Qiz bolaga tosh otmang»
Alloh bu yurtga mustaqillik degan ne'matni ato qilgandan buyon bir tomoni adirli tog'larga, yana bir tomoni cho'llarga ulanib ketadigan Tagob qishlog'ida uyqusirab yotgan insonlar birdan uyg'ongandek bo'ldi. Tadbirkorlik, fermerlar harakati, xususiy ishbilarmonlik deysizmi, shunaqa avj olib ketdiki, ta'riflashga so'z ham ojizlik qiladi. Yigitlar belini mahkam bog'lab, qo'liga tuflab, imkoniyat axtarishga tushgan, ayollar qozon-tovoqni yig'ishtirib, bozorga yugurgan, kampirlar eski-tuski quroqdan yakandozlar yasab, pullashga kirishgan, chollar eski mis qumg'onni chegalatib xaridor axtargan, voy-bo'y, o'smirlar-u bo'yi yetgan etgan qizlarni aytmaysizmi?! Bittasi velosiped tuzatadigan ustaxona ochib, ustaxonasiga buzuq velosiped kelmay jig'ibiyroni chiqqan, bittasi o'n ikkita buzoq boqib, buzoqlari semirib, sotilib ketguncha erk-agi qanaqa bo'ladi-yu, urg'ochisi qanaqa bo'ladi, ana shuni bilmay qolgan, bilmagani uchun o'zini emas, dadasini ayblab yurgan. To'qqizinchi sinfni bitirguncha faqat a'lo baholarga o'qigan Qumrinisa qizaloqlarga ko'ylak, kofta tikaman deb oldirgan mashinasi ip chaynayotgani uchun Amerika, Xitoy-yu Yaponiyaga mashinalaring sifatsiz ekan, deb to'xtamay xat jo'natib turgan.
Muallif: Xudoyberdi To'xtaboyev
Nashriyot: «Global books»
Sana: 2023-yil
Hajmi: 288 bet
ISBN: 978-9943-8975-4-0
O'lchami: 84х108 1/32
Muqovasi: yumshoq
Mundarija
1-qism Muhabbat mavsumi
I bob
Il bob
III bob
IV bob
V bob
VI bob
VII bob
VIII bob
IX bob
X bob
XI bob
XII bob
XIII bob
XIV bob
XV bob
XVI bob
2-Qism ishqning lazzatli iztiroblari
I bob
II bob
III bob
IV bob
V bob
VI bob
VII bob
VIII bob
IX bob
X bob
3-Qism muhabbat o'limdan kuchlimi?
I bob
Il bob
III bob
IV bob
V bob
VI bob
VII bob
VIII bob
IX bob
X bob
Yozuvchi asaridagi oʻziga xos uslub haqida
Yo'ldosh Solijonov, filologiya fanlari doktori
Birinchi qism
Ikkinchi qism
Uchinchi qism
To'rtinchi qism
To'rtinchi qism
Beshinchi qism
- Stock: Мавжуд
- Код: 5739
- Вазни: 0.18кг
- ISBN: 9789943746314