









«Mungli ko‘zlar»
Xalqimizning sevimli yozuvchisi, ayniqsa, aziz farzandlarimizning jon-u jahoniga aylanib ulgurgan asarlar muallifi, barchamiz ning qadrli insonimiz - Xudoyberdi To'xtaboyev xotirasi qalbimizda mangudir. "Global books" nashriyoti jamoasi adib tavalludining 90 yilligaga bag'ishlab uning asarlarini qayta chop etayotganidan mamnun ekanligini ta'kidlamoqchimiz. Yosh avlod dunyoga kelarkan, yillar o'tib kamolga yetarkan, Xudoyberdi boboning ming-minglab ixlosmandlari safi kengayib boraveradi, dunyoni Xudoyberdi bobosi qalamga olgan mavzular orqali taniyveradi, ularning qahramonlariga do'st-u oshno bo'lib qolaveradi. Xudoyberdi To'xtaboyev asarlari qaysi davrda yozilgani muhim emas. Muhimi - bu asarlar o'lmas asarlardir. Uni bizning bobolarimiz, otalarimiz, o'zimiz o'qidik va bizdan so'ng farzandlarimiz intiqlik va katta ishtiyoq bilan mutolaa qiladilar. Bunga shak-shubha yo'q.
Muallif: Xudoyberdi To'xtaboyev
Nashriyot: «Global books»
Sana: 2021-yil
Hajmi: 386 bet
ISBN: 978-9943-6752-0-9
O'lchami: 84х108 1/32
Muqovasi: yumshoq
MUNDARIJA
BIRINCHI QISM
Jinoyat
IKKINCHI QISM
Jazo
UCHINCHI QISM
Oqibat
- Stock: Мавжуд
- Код: 5740
- Вазни: 0.22кг
- ISBN: 9789943675209