Menu
Your Cart

«Islomni oʻrganamiz» 1-2-3-4-qismlar (Bolajonlar uchun)

йўқ

Qoʻlingizdagi ushbu kitob bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda Islom dini haqidagi tushunchalar sodda va tushunarli tilda yozilgan. Ushbu risola 4 kitobdan iboratdir. Har bir kitobdagi mavzular bolajonlarimizni oʻylab javob berishga undashi bilan birga, ularga qiziqarli boʻlishi uchun turli xil bosh qotirmalar bilan boyitilgan.

Shuningdek, mazkur risola oʻsib kelayotgan yosh avlodni komil inson boʻlib tarbiyalanishlarida, diniy-maʼrifiy dunyoqarashlarini shakllantirishda dastlabki manba boʻlib xizmat qiladi degan umiddamiz.

Musannif: Akmal Miravaz oʻgʻli

Nashriyot: «Shamsuddinxon Boboxonov»

Sana: 2023 yil

Hajmi: 48 bet

ISBN: 978-9943-12-730-2

Oʻlchami: 60×84 1/8

Muqovasi: yumshoq

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2023 yil 18 avgustdagi 03-07/6705-sonli xulosa xati asosida nashrga tayyorlandi.

Aziz kitobxon!

Risoladagi dastlabki mavzular eʼtiqod va uning maʼnolari, unga tegishli asoslar haqida boʻlganligi sabab, bu mavzularga ruhan tayyorlashlanish juda muhim. Shuning uchun Sizga bir necha maslahatlar bermoqchimiz. Zero, mavzularni oʻzlashtirish, ularni taqdim etish va mavzularni yakunlash bilan bogʻliq boʻlgan bilimlarni bilish har bir kitobxon uchun foydadan xoli emas.

1. Oila aʼzolaringizdan “kalimai tavhid” yoki “kalimai shahodat” haqida nimalar bilishlari, uning maʼnolarini bilib, yaxshilab eslab qolishlarini soʻrang.

2. "Besh" soni ularga nimalarni eslatishi bilan qiziqing (masalan: beshta barmoq, besh baho,beshta qitʼa).

3. Ulardan quyidagi savollarga javob berishlarini soʻrang:

a) “joynamoz", "Kaʼba", "iftorlik” soʻzlari nimalarni yodga soladi, ular kanday ibodat turi bilan bogʻliq?

b) Paygʻambarimiz alayhissalom "Namoz dinning tayanchidir” deganlar. Buning sababi nima ekan?

v) koʻzimiz bilan koʻrmagan narsalarimizni ham bor deb ishonsak boʻladimi? Nima uchun?

g) "Ilohiy kitoblar" deganda kanday kitoblarni tushunamiz? Bizning ilohiy kitobimizning nomi nima?

d) "Olloh sizdan rozi boʻlsin" degan jumlaning maʼnosi nima?

Oilangiz aʼzolarini savollarga toʻliq va xolis javob berishga, savol-javobda faol qatnashishga undang.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Islomni oʻrganamiz» 1-2-3-4-qismlar (Bolajonlar uchun)
120 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 4785
  • Вазни: 0.69кг
  • ISBN: 9789943127302
Сотилган сони: 14
Кўрилган сони: 3502
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.