«Mungli ko‘zlar»
Ota-anaga farzandining baxtidan bo‘lak ne’mat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo‘lgisi, baxtini ular bilan birga baxam ko‘rgisi keladi. Ota-ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar.
Qimmatli kitobxon! Sevimli adibimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning siz, aziz kitobsevar do‘stlarimiz uchun taqdim etilayotgan mazkur kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. Asarning yozilganiga oradan ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yoqotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob ila oladi.
Mol dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir oqibatda guldak farzandlarining achchiq qismatiga sabab bo‘lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki, yana bir karra o‘zining yangi o‘quvchilarini kashf etadi.
Muallif: Xudoyberdi To‘xtaboyev
Nomi: «Mungli ko‘zlar»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Sana: 2020-yil
Hajmi: 308 bet
ISBN: 978-9943-20-342-6
O‘lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: Yumshoq
- Stock: йўқ
- Код: 1110
- Вазни: 0.19кг
- ISBN: 9789943270329