“Muallimi soniy”
(Yangicha tahrirda va tajvid qoidalari bilan)
MUQADDIMA
Olamlarni yaratgan Alloh taologa beadad hamdu sano, barcha olamga rahmat qilib yuborilgan Muhammad Mustafoga durudu salovatlar boʻlsin.
Mazkur moʻjaz risola uzoq yillar davomida Qurʼoni karimni oʻrganish uchun hizmat qilayotgan asarlardan biridir. Uning sodda, oʻzlashtirishga osonligi sababli hozirgacha juda koʻp musulmon oʻlkalarida talabalar undan taʼlim olib kelmoqdalar. Bizning diyorimizda ham mazkur qoʻllanma qayta-qayta nashr qilindi. Natijada asl nusxadan koʻchirilgan nusxalar tobora xiralashib, harflari va harakatlari chalkashib bordi. Mana shuni eʼtiborga olib, qoʻllanmaning matnlari qayta terib chiqildi, bugungi kunning talabi asosida juzʼiy oʻzgarishlar va qoʻshimchalar ham kiritilib, qayta nashrga tayyorlandi. Qoʻshimcha tarzda tajvid qoidalari ham kiritildi. Shuningdek, oʻquvchiga yanada qulay boʻlishini koʻzlab, oyatlarda koʻp takror keladigan mad, isteʼlo, idgʻom, ixfo va qalqala kabi tajvid qoidalari maxsus ranglar bilan ajratib yozildi.
Umid qilamizki, qulayliklar yaratish maqsadida tayyorlangan ushbu qoʻllanma Qurʼoni karimni toʻgʻri oʻrganishda katta xizmat qiladi. Alloh taolodan mazkur qoʻllanmani barcha uchun xayrli va manfaatli qilishini soʻraymiz.
Abdulhakim qori Komiljon oʻgʻli
"Islom ota" jome masjidi imom-xatibi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 6199-raqamli tavsiyasi ila chop etildi.
Muallif: Abdulhakim qori Komiljon oʻgʻli
Nomi: “Muallimi soniy”
Nashriyot: “GʻOFUR GʻULOM ” nomidagi NMIU
Sana: 2017
Hajmi: 80 bet
Bichimi: 70×100 1/16
ISBN: 978-9943-4796-7-8
- Stock: йўқ
- Код: 0807
- Вазни: 0.16кг
- ISBN: 9789943479678