• «Sahih nabaviy duolar»

«Sahih nabaviy duolar»


BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!


Olamlarning Robbi Alloh taologa hamd boʻlsin!

Sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning ahli oilalari va sahobalariga durudu salavotlar boʻlsin!


Muhtaram musulmon aka-ukalar, muslima opa-singillar! Sizlarga sahih hadislarda vorid boʻlgan nabaviy zikrlarni kichik kitobcha shaklida taqdim qilyapman. Umidim shuki, bu kitobcha har bir musulmonning kundalik hayotiga oid nabaviy hadislarni yodlab olishiga yordamchi boʻlib, ajr-u hasanotlarining koʻpayishiga sababchi boʻladi. Bu kitobchada bir yuz oʻttizdan ortiq sahih va hasan hadisi shariflarni jamladim.


Ey musulmon birodarim! Har kunlik ajr-u savoblaringizni koʻpaytirishni kundalik rejangizga kiritib qoʻying. Alloh oson qilgan kishiga bu ish juda osondir. Niyatingiz qanchalik xolis, toʻgʻri boʻlsa, Alloh taolo sizga shunchalik yordam beradi, bu zikrlarni eslatib turadi. Ushbu zikrlarni aytishda bardavom boʻlsangiz, har bir harakotingiz, har bir sakanotingiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muvofiq boʻladi, hasanotlaringiz koʻpayib, Alloh taoloning dargohida nomai aʼmolingizga bitilib, Qiyomat kuni togʻdek kattarib ketgan boʻladi, inshaalloh.


Alloh taolo barchamizni nabaviy sunnatni tarqatuvchilar qatorida qilsin, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning, sahobalar roziyallohu anhumning bayroqlari ostida hashr qilsin!


Robbim bu kitobchani onamga va otamga – sunnat xodimi shayx Abdulqodir Arnaut hazratlariga sadaqai joriya oʻlaroq qabul qilsin.

Mozin Abdulqodir Arnaut

Turkiya, Istanbul. 1439 yil, Ramazon



Muallif: Mozin Abdulqodir Arnaut

Tarjimon: Foziljon Abdulqayyum

Nashriyot: «Hilol-Nashr»

Sana: 2023 yil

Hajmi: 208 bet

ISBN: 978-9943-9130-4-2

Bichimi: 70×90 1/32

Muqovasi: yumshoq




Mundarija


Zikrning fazli


Istigʻforning fazli


Istigʻfor


Tasbeh, tahmid, tahlil va takbir


«Subhaanallohi va bihamdihi»


«Subhaanallohi va bihamdihi, subhaanallohil‑ʼaziym»


Havqala


Turli zikrlar


Tongi va tungi zikrlar


Uyquga oid zikrlar


Tunda uygʻonsa yoki oʻgirilsa..


Xaloga kirish va chiqishdagi zikrlar


Tahorat zikrlari


Azon zikrlari


Masjidga kirish yoki chiqishdagi zikrlar


Namozdan keyingi zikrlar


Namozdagi vasvasani daf qiluvchi zikr


Tilovat sajdasining zikrlari


Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot


Taomga oid zikrlar


Bir qavmning huzurida taom yesa


Roʻzadorning iftordagi zikri


Kishi bir qavm bilan iftor qilsa


Uydan chiqishdagi zikrlar


Uyga kirishdagi zikrlar


Xavfxatar paytidagi zikrlar


Gʻazab paytidagi zikr


Majlisning kafforati


Yaxshi koʻrgan yoki yoqtirmagan narsasini koʻrgandagi zikr


Markabga minish zikri


Xoʻroz qichqirganda va eshak hangraganda aytiladigan zikrlar


Yaxshi yoki yomon tush koʻrsa


Yangi oyni koʻrgandagi zikr


Shamol kuchayganda aytiladigan zikr


Yomgʻirga oid zikrlar


Yaxshilik qilingan odamning zikri


Uyqu yoki boshqa sabab bilan kiyimni yechgandagi zikr


Kiyim kiygandagi zikr


Yangi kiyim kiygandagi zikr


Birodarining egnida yangi kiyim koʻrsa


Koʻz tekkanga qarshi ruqya qilish (dam solish)


Oʻzida yoki boshqa odamda oʻziga yoqadigan narsani koʻrsa


Istixora duosi


Safar duosi


Muqimning musofirga aytadigan duosi


Musofir bir manzilda toʻxtasa


Biror ish mushkul koʻrinsa


Bemorlikdagi duolar


Qarzdan qutulish duosi


Musibatdagi zikrlar  

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши

«Sahih nabaviy duolar»

  • Нашриёт: «Hilol Nashr»
  • Маҳсулот коди: C4141
  • Сотувда: Мавжуд
  • 15,000 сўм
  • 12,000 сўм


Ўхшаш маҳсулотлар

«Ҳадис ва Ҳаёт» 35-жуз. Зикр, дуолар, истиғфор ва тавба китоби

«Ҳадис ва Ҳаёт» 35-жуз. Зикр, дуолар, истиғфор ва тавба китоби

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг қаламларига мансуб «Ҳадис ва Ҳаёт» туркумининг «Зик..

34,000 сўм 43,000 сўм

«Саҳиҳ набавий дуолар»

«Саҳиҳ набавий дуолар»

«Саҳиҳ набавий дуолар» БИСМИЛЛАҲИР РОҲМАНИР РОҲИЙМ!Оламларнинг Робби Аллоҳ таолога ҳамд бўлсин!..

12,000 сўм 15,000 сўм

«Авродул Боҳилийя»

«Авродул Боҳилийя»

«Авродул Боҳилийя»Баҳоуддин Нақшбандий қаламига мансуб Авроди Боҳилия китобида Аллоҳ таолонинг гўзал..

24,000 сўм

саҳиҳ набавий дуолар, saxix, sahix, saxih, сахих, саҳих, сахиҳ