«Amir Temur sulolasi»
Sohibqiron Amir Temur va uning Markaziy Osiyo, Xuroson, Eron va Hindistonda besh asrga yaqin hukm surgan sulolasi benazir katta xonadonni tashkil etadi. Shajaraning bardavomligi bevosita davlat ahamiyatiga molik bo'lgan oilaviy tarbiyaga bog'liqligi, o'zlikni, shа'nni, or-nomusni saqlash xalqimizda uzoq asrlar davomida sayqal topgan milliy mentalitet, urf-odatlar, udumlar bag'rida yetilganligi, ravnaq topganligi Sohibqiron tamal toshini qo'ygan toj-u taxt vorislari hayot yo'li misolida keng ko'lamda tadqiq etildi. Mavjud tadqiqotlarda doimo siyosat talqini soyasida qolib kelgan Amir Temur va Temuriylar oilasi, ularning fe'l-atvori, tabiati, shijoati, sifatlari, surat va siyratlari, boshqaruv qobiliyatlari, ayrichа fazilatlari, qusur va zaif jihatlari tarixiy manbalar vositasida oldingi marrada yoritildi, inkishof etildi. Asar shu jihati bilan e'tiborga loyiqdir.
Muallif: Poyon Ravshanov
Mundarija
Oila tarixidan
Oilaning tamal toshi
Oila: Toʻrt ustunlik va toʻrt fazilat uygʻunligi
Muhammad taragʻay xonadoni
Qutlugʻ turkon ogʻo oilasi
Shirinbeka ogʻo oilasi
Amir Temurning oilaviy hayoti
Sohibqiron harami
Katta malika
Malikalar
«Loy jangi» gʻolibining qizi
Malika tumon ogʻo qissasi
Soʻnggi malika
Umarshayx Mirzo avlodi
Kechikkan toʻy yoxud birinchi valiahd
Ikkinchi valiahd
Uchinchi valiahd
Shahzodalar ham yigʻlaydilar
Kelinlar xonzodasi
Amironshoh Mirzoni koʻrgan ajnabiy
Ortdan otilgan tuhmat toshi
«Asl maqsad nomusu nomni saqlashdir»
Malikalar kushandasi
Sohibqirondan soʻng
Muqarrar xorlik
Xaloskor
Turon, Eron va Xuroson chorrahalarida
Qoʻshaloq toʻylar, qudalar
Oʻtlar orasidan yoʻl topib
Ofiyat va taraqqiyot
Otadan oʻtgan bagʻrikenglik
Hirot tashrifi
Chakki bosilgan qadamlar
Eʼtiqod va qadr
Mehr-oqibat rishtalari
Sohibqiron qoʻli, deb
Ona diydori
Xonadonga sadoqat
Manglaydagi ajinlar
Gavharshod ogʻo va boshqalar
Tuproqqa toʻkilgan maylar
Aniq qilinmagan valiahdlik
Oxirlayotgan va boshlanayotgan yoʻl
Xalqchillik siyosati
Mangulik va manfurlik qissasi
Zaruriy gaplar yoxud xotima
- Stock: йўқ
- Код: 1683
- Вазни: 0.56кг
- ISBN: 9789943273283