Menu
Your Cart

«Tarixni oʻzgartirgan mutafakkirlar» (30 ta kitob)

Янги

«Tarixni oʻzgartirgan mutafakkirlar»
(30 ta kitob)

Kichik do‘stim! Qo‘lingdagi oddiy kitob emas. U bir chiptadir. Qayerga deysanmi? Ortga. Vaqt bo‘ylab sayohatga. Insoniyat tarixini o‘zgartirgan insonlarning yoniga. O‘zbekiston tarixida ilk bor nashr etilayotgan 30 kitoblik bu xazina seni ular bilan yuzma-yuz uchrashtiradi. Bir o‘ylab ko‘r. Mirzo Ulug‘bek osmonga ilk bor qaraganida necha yoshda edi? Farg‘oniy yulduzlarni sanayotganda nimalarni his qilgandi? Nyutonning boshiga olma tushganda nima bo‘ldi? Balki, sen ham: «Koshki, binolar raqsga tushsa», - deb xayol surayotgandirsan xuddi Zaha Hadid kabi.

Bu kitoblar senga bir sirni shivirlaydi: «Ular ham bir vaqtlar bola edi. Xuddi sen kabi». Ibn Sino bilan tibbiyotning sirli olamiga sayohat qilasan. Stiv Jobs bilan texnologiya cho‘qqisiga chiqasan. Alisher Navoiy bilan so‘z ummonida suzasan. O‘zimizning Solijon Sharipov bilan koinotga uchasan.

Bu qahramonlar turli qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ammo taslim bo‘lishmadi. Qalbiga quloq solishdi. Chunki sening kim bo‘lishingni eng yaxshi biladigan narsa o‘z qalbingdir. Bu kitoblardagi qahramonlar avval o‘zlarini o‘zgartirishdi. Keyin esa dunyoni.

Biz bu turkumni sening ko‘zlaringdagi uchqunni alangaga aylantirish uchun yaratdik. Balki, o‘ttiz birinchi kitobning qahramoni sen bo‘larsan. Ajab emas. O‘qi. O‘rgan. Xayol sur. Aslo to‘xtama. Dunyo sening kashfiyotlaringni kutyapti.

Tayyormisan? Unda sahifalarni varaqla. Tarixning eng yorqin yulduzlari bilan tanishishni boshla.

Nashrga tayyorlovchilar: Tuba Akbey, Sitora Azizova

Nashriyot: «Arxetip»

Sana: 2026 yil

Hajmi: Har bir kitob 48 betdan

ISBN: 978-9910-09-701-0

Oʻlchami: 17x25 sm 

Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Tarixni oʻzgartirgan mutafakkirlar» (30 ta kitob)
810 000 сўм
  • Stock: Сотувда бор
  • Код: 7056
  • Вазни: 4.17кг
  • ISBN: 978-9910-09-701-0
Сотилган сони: 3
Кўрилган сони: 127