Menu
Your Cart

«Yulduzli tunlar»‎ (Lotin alifbosida)

«Yulduzli tunlar»‎ (Lotin alifbosida)
йўқ

«Yulduzli tunlar»‎ (Lotin alifbosida)

     Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy ‎romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, ‎Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ‎ko'targan og'a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali ‎o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli ‎urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan ‎xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon ‎qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.‎
     Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini ko'rolmaslik, ‎xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan g'oyat erta, o‘n ikki yoshida taxtga o‘tirganida ‎ro‘baro‘ bo‘ldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada bo‘lgan shoxning kuygan yuragi - shoir ‎qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida ‎yonib, sog’inch bilan o‘rtanib, «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...» deya iztirob chekkan ‎bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.‎

Muallif: Pirimqul Qodirov
Nashriyot: «Yangi asr avlodi» nashriyoti
Sana: 2021
Hajmi: 520 bet
ISBN: 978-9943-20-272-6
O‘lchami: 84×108 1/32‎
Muqovasi: yumshoq

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Yulduzli tunlar»‎ (Lotin alifbosida)
22 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 2843
  • Вазни: 0.40кг
  • ISBN: 9789943202726
Сотилган сони: 7
Кўрилган сони: 12265
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.