



«Daraxtlar»
Assalomu alaykum!
Bolajonlar, qalaysiz? Zo'r kitob ekanmi? Boshqa kitoblarga o'xshamas ekanmi? Sayyoramizni birga asraylik!» degan kitobimizni o'qiganmisiz? Buni o'shaning davomi desak ham bo'ladi. Bu kitob boshidan oxirigacha daraxtlar haqida. Kitobda chiroyli, rang-barang suratlar bor, kichkina hikoyachalar bor. Daraxtlar haqida nimani so'ramoqchi bo'lsangiz, javobini mana shu kitobdan topasiz Masalan, to'rtta fasl, daraxtning urug'i, ildizi, ko'chati, novdasi, shoxlari, bargi, mevasi haqida bilib olasiz. O'rmondagi daraxtlarni kim ekkan? Kema nimadan yasaladi? Qog'oz ham daraxtdan olinadimi? Mana shunga o'xshagan savollarga ham javob berilgan. Umuman, daraxt bilan bog'liq nimaiki mavzu bo'lsa, iloji boricha hammasi haqida yozishga harakat qilingan. Bu kitobda fotosintez, zaytun moyi, kakao daraxti, yog'och uylar, eng qadimgi daraxtlar, eng ulkan daraxtlar haqida o'qiysiz, hatto daraxtni qanday ekishni ham bilib olasiz. Eng muhimi- bu kitobni o'qib, daraxtlar dunyodagi milliardlab insonlar, jonivorlar, hasharotlar uchun, ona tabiatimiz uchun xizmat qilishini, shu sababli uni hammamiz ehtiyot qilishimiz kerakligini bilib olasiz. Shuning uchun ham bu kitobni «Daraxtlar» deb nomlab qo'ya qoldik. «Yashil o'pkamiz bilan yaqindan tanishing!
Qiziqib ketyapsizmi? Unda vaqtingizni ko'p olmaylik. Marhamat, o'qishni boshlayvering!
Muallif: Eleonora Barsotti
Tarjimon: Mirnosir Hasan
Nashriyot: «Erkin tarjima nashr»
Sana: 2025-yil
Hajmi: 64 bet
ISBN: 978-9910-9546-2-2
O'lchami: 62х100 1/8
Muqovasi: qattiq
Mundarija
4-5 To'rt fasi
6-7 Barglarning shakli
8-9 Mevalar
10-11 Daraxtda kimdir bormi?
12-13 Gullayotgan novdalar
14-15 Ildizlar
16-17 Urug
18-19 Urug'lar qanday tarqaladi?
20-21 Daraxtda ham yashasa bo'ladi
22-23 Bonsay san'ati
24-25 O'rmonlar qanday paydo bo'ladi?
26-27 Qatlamlar
28-29 Fotosintez
30-31 Bargni yamlamay yutadiganlar
32-33 Ko'ngilochar o'yinlar
34-35 Zaytun moyi mo'jizasi
36-37 Qimmatbaho kakao
38-39 Daraxtlarning shakli
40-41 Yog'ochga ishlov berish
42-43 Suzuvchi yog'ochlar
44-45 Yog'och uylar
46-47 Eng qadimgi daraxtlar
48-49 Ulkan sekvoyyalar
50-51 Rekordchi daraxtlar
52-53 Kesib tashlangan daraxtlar
54-55 Ignabargli daraxtlar
56-57 Daraxtsimonlar
58-59 Daraxtdan hadyalar
60-61 Qog'oz
62-63 Tabiatga yordam bering, daraxt eking!
- Stock: Мавжуд
- Код: 5632
- Вазни: 0.71кг
- ISBN: 9789910954627