Menu
Your Cart

«Daraxtlar»

«Daraxtlar»
«Daraxtlar»
Янги
«Daraxtlar»
«Daraxtlar»

«Daraxtlar»


Assalomu alaykum!
Bolajonlar, qalaysiz? Zo'r kitob ekanmi? Boshqa kitoblarga o'xshamas ekanmi? Sayyoramizni birga asraylik!» degan kitobimizni o'qiganmisiz? Buni o'shaning davomi desak ham bo'ladi. Bu kitob boshidan oxirigacha daraxtlar haqida. Kitobda chiroyli, rang-barang suratlar bor, kichkina hikoyachalar bor. Daraxtlar haqida nimani so'ramoqchi bo'lsangiz, javobini mana shu kitobdan topasiz Masalan, to'rtta fasl, daraxtning urug'i, ildizi, ko'chati, novdasi, shoxlari, bargi, mevasi haqida bilib olasiz. O'rmondagi daraxtlarni kim ekkan? Kema nimadan yasaladi? Qog'oz ham daraxtdan olinadimi? Mana shunga o'xshagan savollarga ham javob berilgan. Umuman, daraxt bilan bog'liq nimaiki mavzu bo'lsa, iloji boricha hammasi haqida yozishga harakat qilingan. Bu kitobda fotosintez, zaytun moyi, kakao daraxti, yog'och uylar, eng qadimgi daraxtlar, eng ulkan daraxtlar haqida o'qiysiz, hatto daraxtni qanday ekishni ham bilib olasiz. Eng muhimi- bu kitobni o'qib, daraxtlar dunyodagi milliardlab insonlar, jonivorlar, hasharotlar uchun, ona tabiatimiz uchun xizmat qilishini, shu sababli uni hammamiz ehtiyot qilishimiz kerakligini bilib olasiz. Shuning uchun ham bu kitobni «Daraxtlar» deb nomlab qo'ya qoldik. «Yashil o'pkamiz bilan yaqindan tanishing!

Qiziqib ketyapsizmi? Unda vaqtingizni ko'p olmaylik. Marhamat, o'qishni boshlayvering!

Muallif: Eleonora Barsotti
Tarjimon: Mirnosir Hasan
Nashriyot: «Erkin tarjima nashr»
Sana: 2025-yil
Hajmi: 64 bet
ISBN:  978-9910-9546-2-2
O'lchami: 62х100 1/8
Muqovasi: qattiq

Mundarija

4-5 To'rt fasi

6-7 Barglarning shakli

8-9 Mevalar

10-11 Daraxtda kimdir bormi?

12-13 Gullayotgan novdalar

14-15 Ildizlar

16-17 Urug

18-19 Urug'lar qanday tarqaladi?

20-21 Daraxtda ham yashasa bo'ladi

22-23 Bonsay san'ati

24-25 O'rmonlar qanday paydo bo'ladi?

26-27 Qatlamlar

28-29 Fotosintez

30-31 Bargni yamlamay yutadiganlar

32-33 Ko'ngilochar o'yinlar

34-35 Zaytun moyi mo'jizasi

36-37 Qimmatbaho kakao

38-39 Daraxtlarning shakli

40-41 Yog'ochga ishlov berish

42-43 Suzuvchi yog'ochlar

44-45 Yog'och uylar

46-47 Eng qadimgi daraxtlar

48-49 Ulkan sekvoyyalar

50-51 Rekordchi daraxtlar

52-53 Kesib tashlangan daraxtlar

54-55 Ignabargli daraxtlar

56-57 Daraxtsimonlar

58-59 Daraxtdan hadyalar

60-61 Qog'oz

62-63 Tabiatga yordam bering, daraxt eking!

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Daraxtlar»
96 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 5632
  • Вазни: 0.71кг
  • ISBN: 9789910954627
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 82