Menu
Your Cart

«Boburnoma»

«Boburnoma»

«Boburnoma»

«Boburnoma» - o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda O’rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug'rofiyasiga oid qimmatli malumotlar o’rin egallagan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530)

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf. Davlat arbobi, Boburiylar sulolasining asoschisi. Temuriy shahzoda dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan “Bobur” (“Sher”) taxallusini olgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan. 1494-yil otasining bevaqt o'limi sabab, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o'tirgan. Bobur Temuriylar saltanatini saqlab qolish uchun Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida kurash olib borsada, mamlakatda hukm surgan og‘ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. To'xtovsiz janglar sabab u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil) majbur bo'ladi va 200 - 300 navkari bilan Afg‘onistondagi ichki janglardan foydalanib, G‘azna va Kobulni egallaydi. 1526-yilda Dehlini qo'lga kiritadi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli Boburiylar sulolasiga asos soladi.

Hozirda uning 119 g‘azali, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan.

Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur “Mubayyin” asarini yozadi. Shoir nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari “Boburnoma” ustidagi ijodiy ishini 1518 - 1519-yillarda boshlagan. Uning “Xatti Boburiy”, musiqa san’ati va harb ishlariga bag'ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan. Bobur o‘zi e’tiqod qo'ygan Xoja Ahror Valiyning nasrda bitilgan “Volidiya” asarini she’riy tarjima qiladi. Shoirning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bolgan 243 baytli mazkur asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlanadi.

 Shoh va shoir 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.


Muallif:
 Zahiriddin Muhammad Bobur
Nomi: «Boburnoma»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Sana: (2018) 2024 yil
Hajmi: 560 bet
ISBN: 978-9943-27-497-6
Muqovasi: yumshoq


MUNDARIJA

Nashr haqida

Sakkiz yuz to’qson to‘qqizinchi yil voqealari

Vaqoyevi sanayi tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi ihdo va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi isno va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi salos va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi arbaa va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi xamsa va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi sitta va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi sab' va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi samon va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi tis’a va tis'a mia

Vaqoyeyi sanayi ihdo asharachqa tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi isno ashara va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi salosa ashara va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi arbaa ashara va tis’a mia

Vaqoyeyi bist-u panchum

Vaqoyeyi sanayi sitta va ishrina vа tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi isno va salosina va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi salosa va salosina va tis’a mia

«Farmoni Zahiriddin Muhammad Bobur»

Farmoni Zahiriddin Muhammad Bobur g'oziy

Vaqoyeyi sanayi arbaa va salosina va tis’a mia

Vaqoyeyi sanayi xamsa va salosina va tis'a mia

Vaqoyeyi sanayi sitta va salosina va tis’a mia

TARJIMALAR

Hindustondan g‘olib podshohning qol ostiga kirgan joylar daromadining taxminiy hisobi

Zahiriddin Muhammad Bobur farmoni

Zahiriddin Muhammad Bobur g'oziy farmoni

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Boburnoma»
38 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 1576
  • Вазни: 0.48кг
  • ISBN: 9789943274976
Сотилган сони: 24
Кўрилган сони: 73831
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.