Menu
Your Cart

«Biologiya» Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (10-sinf uchun)

«Biologiya» Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (10-sinf uchun)
«Biologiya»
(Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. 10-sinf uchun)

Tirik organizm ajoyib bir mo'jiza. Har bir inson o'z vujudini o'rganib chiqishi, tana a'zosidagi turli tizimlar funksiyasini bilib olishi zarur. Bola tug'ilishidan boshlab ulg'aygan sari organizmda bo'ladigan oʻzgarishlar, shaxsiy gigiyena qoidalari, birinchi yordam va uning asosiy tatbiqlari to'g'risida bilimga ega bo'lishimiz kerak. Ayniqsa balog'at yoshiga yetayotgan bolalarning bunday bilimlarga ega bo'lishi keyinchalik ularning turli kasalliklarga chalinmasdan, sog'lom turmush tarzida hayot kechirishlari uchun zamin tayyorlaydi. Makrabda o'quvchilarni kelajak hayotga tayyorlash uchun o'g'il va qiz bolalarni alohida guruhlarida bu bilimlarni o'qitilishi tavsiya etiladi. Muqobil darslik biologiya faniga ixtisoslashgan maktab o'quvchilari, biologiya fani o'qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shuningdek "Biologiya - 5-7. Boshlang'ich saboqlar" darsligi bilan uzviy bog'langan ushbu qo'llanmadan tibbiyot sohasini tanlagan abituriyentlar foydalanishi mumkin. Kitobda tanangizdagi a'zolarning tuzilishi, ishlash mexanizmlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan biokimyoviy jarayonlar tushuntirilgan. Bularning turli kasalliklar bilan aloqadorligi ko'rsatilgan va tan sog'lig'ingizni asrash uchun amal qilishingiz zarur bo'lgan jihatlar to'g'risida amaliy va dolzarb ma'lumotlar berilgan. Mazkur kitobni chop etishda biologiyaga, xususan, tibbiyotga doir ilmiy nuqtayi nazarga ega va bu ilmini hayotning har sohasida qo'llay oladigan tibbiy savodxon kishilarning yetishib chiqishiga hissa qo'shish maqsad qilingan. Shu maqsad yo'nalishida kitobda o'rin olgan mavzular ilm-fan, jamiyat va texnologiya bilan aloqadorlikda hamda kundalik hayotingizda qo'llashingiz mumkin bo'lgan ma'lumotlar bilan mustahkamlanib tushuntirilgan. Barchangizga ilm olish jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!

Nashrga tayyorlovchilar: Akmal Ahmedov, Sattorxon Burxonov, Jahongir Qo'nishev
Nashriyot: «Zamin Nashr»
Sana: 2021-yil
Hajmi: 339 bet
ISBN: 978-9943-6889-9-5
Bichimi: 60×84 1/8
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Biologiya» Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (10-sinf uchun)
47 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 3419
  • Вазни: 0.55кг
  • ISBN: 9789943688995
Сотилган сони: 15
Кўрилган сони: 17896
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.