Menu
Your Cart

«Sarbadorlar»

«Sarbadorlar»

«Sarbadorlar»

O'zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining «Sarbadorlar» (1989) tarixiy dilogiyasida xalqimizning xuddi ana shu davrda Samarqandda yuz bergan sarbadorlar xalq ozodlik Наrakati bilan bog'liq voqealar qalamga olingan. Xalqimiz asrlar davomida ozodlik uchun kurashib kelgan, u kurashlar qatlam-qatlam bo'lib yuraklarda yotibdi, ular asrlardan asrlarga o'tib, avlodlarni to'lqinlantirib kelmoqda.

Oddiy xalq vakillari bo'lgan sarbador bobolarimiz Vatan mustaqilligi uchun kurashdilar, yurtga bostirib kelgan mo'g'ullarni yengib, yurtdan quvib yubordilar, xalqning buyuk kuch ekanini namoyish etdilar. Va mustaqil davlat tuzdilar. Yevropada esa bunday hodisa (Parij kommunasi) sarbadorlardan 500 yil keyin — 1871-yilda yuz bergan edi, xolos... Bu tarixlarni kitobxonlar qanchа ko'p bilsalar, bugungi kunimizga shunchalar shukrona aytadilar, ozodlik qadriga yetadilar.

Roman-dilogiyada Abu Bakr Kalaviy, Хo'rdak Buxoriy, Mavlonozoda, Amir Temur singari tarixiy shaxslar ishtirok etadi. Unda o'zbek nasrida birinchi marta Sohibqiron Amir Temurning yorqin obrazi yaratilgani diqqatga sazovordir. Asar shirali til bilan yozilgan, ravon o'qiladi, qiziqarli voqealarga boyligi bilan o'quvchini o'ziga jalb etadi...

Muallif:
 Muhammad Ali
Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 656 bet
O‘lchami: 84x108/32
ISBN: 978-9910-9430-5-8
Muqovasi: qattiq

Mundarija

Birinchi kitob
CHORSU MAYDONI


Birinchi qism

Birinchi bob. Taxtsiz mamlakat

Ikkinchi bob. Tun saltanati

Uchinchi bob. Shahrisabzlik ygit
To'rtinchi bob. Ikki amirning ahdi
Beshinchi bob. Noma'lum qiz
Oltinchi bob. Takyaxona
Yettinchi bob. Shayx hasan Juriy
Sakkizinchi bob. Boshtin qishlog'i chetida dor
To'qqizinchi bob. Abu Bakr Kalaviy
O'ninchi bob. Tungi Samarqand qo'ynida mash'alalar


Ikkinchi qism

O'n birinchi bob. Xudoning bandasi
O'n ikkinchi bob. Хonliq oqa xonadoni
O'n uchinchi bob. Mavlonozodaning xujrasi
O'n to'rtinchi bob. Suvda qalqib kelgan olma
O'n beshinchi bob. «Inna jaalnoka xalifatan fil arz....»
O'n oltinchi bob. Axiy Jabbor...
O'n yettinchi bob. Jahon bika, qaydasan?
O'n sakkizinchi bob. Ikki dilning bir muammosi
O'n to'qqizinchi bob. Falakning shevasi

Ikkinchi kitob
KONIGIL


Uchinchi qism

Yigirmanchi bob. Daryo bo'yidagi qurultoy
Yigirma birinchi bob. Sirli sharpalar
Yigirma ikkinchi bob. «Dunyo - bir g'unchа...»
Yigirma uchinchi bob. Tubanlikda
Yigirma to'rtinchi bob. O'lpon janjali
Yigirma beshinchi bob. Qorasoch bika tashvishlari
Yigirma oltinchi bob. Jangi loy
Yigirma yettinchi bob. Xudobandaning aqldan ozishi
Yigirma sakkizinchi bob. Yo'qlikdan qaytib kelgan qiz
Yigirma to'qqizinchi bob. Chorsu maydonida
O'ttizinchi bob. «O'lim poklaydi...»


To'rtinchi qism

O'ttiz birinchi bob. Samarqand ostonasidagi jang
O'ttiz ikkinchi bob. Jome' masjididagi xutba.
O'ttiz uchinchi bob. Sayil
O'ttiz to'rtinchi bob. Sarbadorlik ko'chasida
O'ttiz beshinchi bob. Ostin-ustin
O'ttiz oltinchi bob. Bir qizga ikki sovchi
O'ttiz yettinchi bob. Konigilda

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Sarbadorlar»
54 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 4620
  • Вазни: 0.63кг
  • ISBN: 9789910943058
Сотилган сони: 1
Кўрилган сони: 1795
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.