«Kitobxonlik maktabi» loyihasining doimiy tinglovchisidan
O'zining kalomida «Siz go'zal xulq uzradursiz» deya marhamat qilgan Robbimga hamdu sanolar bolsin! «Ummatim! Ummatim!» deb bizlar uchun yig'lagan Rasulim sollallohu alayhi vasallamga durudu salovatlar bolsin!
Qish kunlari edi. O'qish yo'q, ta'tildaman. Boz ustiga karantin sabab ta'til yana noma'lum muddatga uzaytirilgan. Kitob o'qish uchun ayni muddao payt. Ammo faqat mutolaa bilan cheklanib qolmay ijtimoiy tarmoqlarga ham ora-orada ko'zimni tashlab qo'yaman.
Shunday kunlarning birida telegramdagi «Hilol nashr» nashryotining sahifasidagi yangilikka ko'zim tushdi. Unda yangi tashkil qilingan, haftada bir marta o'tkazilishi rejalashtirilgan «Kitobxonlik maktabi» loyihasi haqida so'z borar edi. Afsuslandim... Loyihadan emas, Toshkentda emasligimdan. Juda ham ushbu suhbatda ishtirok etgim keldi. Izlagan imkon topar deganlaridek loyihaning avvalgi ikki sonida onlayn ishtirok etdim.
Oradan kunlar o'tib o'qishimdagi darslar oflayn tarzda davom ettirilishi e'lon qilindi. Xursand bo'lib ketdim. Chunki endi men ham «Kitobxonlik maktabi»ning suhbatlarida onlayn emas, oflayn qatnashishim, loyiha tinglovchisiga aylanishim mumkin edim. Jonli baribir jonlida.
Изоҳ қолдириш