Elchi
Odatda davlat boshliqlari boshqa bir davlatga tashrif
buyurishidan avval ularning elchilari boradi. Elchilar mezbon davlat
vakillariga davlat rahbarining qachon kelishi, tashrifining maqsadi, muhokama
qilinadigan masalalarni maʼlum qiladi. Elchilarga qilingan muomalaga koʻra
davlat boshliqlarining muomalasiga baho beriladi. Yaʼni elchilarning ikrom
qilinishi davlat rahbariga izzat-ikrom koʻrsatish bilan barobar, aksincha,
elchiga nisbatan beparvolik, behurmat munosabatda boʻlish davlatga nisbatan
hurmatsizlik hisoblanadi. Elchining oʻldirilishi oʻsha davlatga urush eʼlon
qilganlikning belgisi ekanligi ham hammaga maʼlum...
Oylarning sultoni Ramazonning mehmon boʻlib kelishiga
sanoqli kunlar qoldi. Uning elchisi shaʼbon esa bizni oz fursatda tark etadi. Ramazonning
elchisini qanday qarshi oldik?! Unga oʻzi munosib boʻlgan hurmatni koʻrsata
oldikmi, ehtirom bilan kuzatishga tayyormizmi?! Hali ham fursat bor. Ramazon
tadorigiga imkon bor!
Alloh taolo barchamizni Ramazonga sogʻ-salomat, iymon
butunlikda, eʼtiqod musaffoligida, yuzimizni yorugʻ qilib yetkazsin va uni
chiroyli oʻtkazib, yutuqlar bilan chiqishimizga muvaffaq qilsin!
«Ramazon sogʻinchi» kitobidan
Изоҳ қолдириш