«Tarbiyaga oid hadislar»
Ushbu asar odob-axloqqa tegishli muhim manbadir. Ushbu kitobni islom odob-axloq normalari sifatida ham qoʻllash mumkin. Abu Iso Termiziyning «Sunan» asari fiqh boblari boʻyicha tartiblangan boʻlsada, unda «Kitob az-zuhd», «Kitob al-vara», «Kitob al-adab» kabi odob-axloqqa doir juda koʻplab boblar mavjud. Imom Abu Dovudning «Sunan» asari ham «Kitob al-ilm», «Kitob al-adab» kabi boblarni oʻz ichiga olgan, ularda ham odob masalasiga taalluqli hadislar keltirilgan. Imom Buxoriyning ustozi Abdulloh ibn Muborak Marvaziyning «Kitob az-zuhd varraqoiq» asari Movarounnahrda alohida odob-axloqqa bagʻishlab yozilgan asarlardan hisoblanadi. Unda zuhd, yaʼni zohidlik dunyodan yuz oʻgirish, dunyoga aldanib qolmaslik, taqvo va parhezkorlikdan tashqari raqoqiqlar, yaʼni eshitganda, oʻqiganda qalb titrab, uni yumshatadigan narsalar ham berilgan.
Tuzuvchilar: Aʼzamxon Abdurahmonov, Yorqin Saidaliev
Nashriyot: «Yosh kuch»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 244 bet
ISBN: 978-9943-8309-5-0
Oʻlchami: 84×108 1/32
Muqovasi: qattiq
Oʻzbekiston Respulikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2023 yil 19 maydagi 03-07/3920-raqamli xulosasi asosida chop etildi.
- Stock: Мавжуд
- Код: 2144
- Вазни: 0.30кг
- ISBN: 9789943830950