



«Sayyoramizni birga asraylik!»
Assalomu alaykum!
Bolajonlar, qalaysiz? Zo'r kitob ekanmi? Boshqa kitoblarga o'xshamas ekanmi? «Dunyodagi hamma narsani bilgim keladi» degan kitobimizni o'qiganmisiz? Bu o'shaning davomi desak ham bo'ladi. Bu kitobda Yer sayyorasidagi juda ko'p narsalarning nomi, rasmi bor, ular haqida kichkina hikoyachalar ham bor. Kattalardan so'raydigan rosa ko'p savollaringizga mana shu kitobdan javob topasiz. Masalan, bu kitobda Yer sayyorasidagi tuproq, havo, suv, o'rmonlar, o'simliklar, joni-vorlar haqida, kislorod, neft, ko'mir, qayta tiklanadigan quvvat, ekologik uylar, tirbandliklar, zaharli tutunlar haqida yozganmiz. «Yashil» shaharlarda yashash, chiqindilarni qayta ishlash, sayyoramizni qanday qilib asrab-avaylash, tabiiy boyliklarini qadrlash - xullas, rosa ko'p narsani bilib olasiz. Bu kitobni o'qib, Yer sayyorasi - dunyodagi milliardlab insonlarning yagona uyi ekanini, shuning uchun uni hammamiz ehtiyot qilishimiz kerakligini bilib olasiz. Shu sababli ham kitobni «Sayyoramizni birga asraylik!» deb nomladik.
Qiziqib ketyapsizmi? Unda vaqtingizni ko'p olmayman. Marhamat, o'qishni boshlay-vering!
Muallif: Eleonora Barsotti
Tarjimon: Mirnosir Hasan
Nashriyot: «Erkin tarjima nashr»
Sana: 2025-yil
Hajmi: 50 bet
ISBN: 978-9910-9546-1-0
O'lchami: 62х100 1/8
Muqovasi: qattiq
Mundarija
2 Yashashimizga boshqa sayyora yo'q!
4 Suvni avaylaylik!
6 Planktonmi yoki mikroplastik?
8 Tabiatda suvning aylanishi
10 Suvning holati
12 O'rmonlarni kesish
14 O'rmonlar
16 O'simliklar va kislorod
18 Neft va ko'mir
20 Qayta tiklanuvchi quvvat
22 Ekologik uy
24 Tirbandlik va zaharli tutun
26 "Yashil" shaharda yashash
28 Kislotali yomg'ir
30 Chiqindi poligoni
32 Chiqindilarni qayta ishlash
34 Arktikadagi muzliklarni saqlab qolaylik!
36 Antarktidani o'rganish
38 Organik qishloq xo'jaligi
40 Yer bag'ridan chiqqan ne'matlar 42 Jonivorlarni asraylik!
44 Kichik odatlar katta natijalar sari yetaklaydi
46 Yaxshi ishlardan o'rnak olayli
47 Gul urug'li topcha
- Stock: Мавжуд
- Код: 5570
- Вазни: 0.68кг
- ISBN: 9789910954610