«Oq kema»
Kitobdan o`rin olgan «Oq kema», «Birinchi muallim», «Sarvqomat dilbarirm», «Bo`tako`z» kabi qissalar bilan qisman tanish bo`lsangiz-da, har gal intiqlik bilan qayta mutolaaga chog’lanasiz, to`g`rimi?!
Atrofimizda turfa fe`l, turfa xarakterga ega odamlar bor. Chingiz Aytmatov kashf qilgan insonlar ham bizga begona emas, balki ular hozir ham biz bilan yonma-yon, birga yashayotgandirlar... Oq kemani kutayotgan bolakay, bepusht farzandi uchun kuyovining oldida hamisha mung`ayib turadigan Mo`min chol, toptalgan nomus uchun o`zini gunohkor deb bilguvchi Duyshen muallim, muhabbatida sobit turolmagan Ilyosning qalb to`la iztiroblari, insoniylik qiyofasini tamoman unutgan, odamlarga yomonlikdan boshqasini sog`inmaydigan Abubakr - bu qahramonlarni va ularning dardlarini adabiyotga olib kirgan buyuk ijodkor Aytmatov iste`dodi oldida bosh egsa arziydi.
Demak, kitob orqali dardlar bilan, iztiroblar bilan, ushalmay qolgan orzular bilan yashagan qahramonlar ila qayta yuzlashamiz, ularga hamdard bolamiz.
Muallif: Chingiz Aymatov
Nomi: «Oq kema»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Sana: 2017 yil
Hajmi: 432 bet
ISBN: 978-9943-20-239-9
O‘lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: yumshoq
- Stock: йўқ
- Код: 2446
- Вазни: 0.26кг
- ISBN: 9789943202399