Menu
Your Cart

«O'lim o'pqoni»

«O'lim o'pqoni»
«O'lim o'pqoni»
«O'lim o'pqoni»
«O'lim o'pqoni»

«Oʻlim oʻpqoni»

Temirpoʻlat Tillaevni bugungi kitobxonlarning koʻpi yaxshi tanimaydi, yozganlarini ham koʻpchilik oʻqimagan. Ehtimol, markazdan uzoqda yashab, ijod qilish bunga sababdir... Biroq yozgan birgina asari bilan ahli ijod nazariga tushib, yana oʻttizga yetib-yetmay sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlish hazil gap emasdi.


Qoʻlingizdagi kitobga adibning ikki asari kiritilgan. «Voris» — xasis, pul va boylikdan boshqasi qulogʻiga kirmaydigan, odamiylik, chin insonlik xislatlarini tan olmaydigan Chala otligʻ ota va uning butunlay ziddi – tiriklik, hayot maʼnisi faqat moddiyatga bogʻliq emasligini allakachonlar anglagan oʻsmir oʻgʻil haqidagi qissa. Mutolaa chogʻi hayotda ne muhim va nima ikkinchi darajali ekanini beixtiyor fahmlaysiz. «Voris» shunchaki merosxoʻr, otaning pulparast koʻngliga boʻysunadigan davomchi emas. Sirayam! U qadri pasayayotgan mexr, narxi bebaho shafqat, fazilatlar vorisidir.


«Oʻlim oʻlqoni» qissasi esa oʻzbek adabiyotiga jahon adabiyotining anʼanalarini dadil olib kirdi. Inson botinidagi «choh»ning naqadar chuqurligi haqida bizni ogohlantirdi. Hech kim koʻrmayotgan chohning borligini isbotlash uchun Turon — aslida, endi ulgʻaygan Oʻlmas - xuddi Iso Masih oʻz ixtiyori bilan chormixga borgani kabi, oʻzini shu chohga qurbon qildi. Agar jahon adabiyotidan tuzukkina xabardor boʻlsangiz, «Oʻlim oʻpqoni»dagi xulosa, maqsadni ham ravshan anglaysiz. Biz shunchaki yashamaymiz, balki maʼno sabab umrguzaronlik qilamiz. Maʼno esa moddiyat, boylikda emas bilʼaks, oʻzlikni topish, koʻngil toʻlmasligida. Mana, asosiy gap qaerda!


«Oʻlim oʻpqoni» va «Voris» qissalarini oʻqish asnosi ularning ikki soʻqmoqqa tegishli ekani, lekin borib-borib yoʻllari tutashishi, muddao yakdilligi kundek oydinlashadi. Sizga mutolaa lazzati, fikrlash baxti, tafakkur kengligini tilaymiz.


Muallif: Temirpoʻlat Tillaev

Nashriyot: «Akademnashr»

Sana: 2024 yil

Hajmi: 264 bet

ISBN: 978-9943-6502-2-0

Bichimi: 84×108 1/32
Muqovasi: qattiq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«O'lim o'pqoni»
54 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 2675
  • Вазни: 0.37кг
  • ISBN: 9789943650220
Сотилган сони: 9
Кўрилган сони: 14368
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.