Янги
«Nabiralarimga maktublar» (lotin)
ISHONCH
Ajabo bitta uyda yashab turib senga maktub yozishimni qara. Go‘yo bir olis safarga otlanyapman-u maktabdan kelishingni ham kutmay, ikki enlik xat qoldirayotgandek. Aslida ham shunday, bolam. Mening yoshimdagilar hamisha oldinda kutilayotgan ulug‘ safar haqida o‘ylaydilar. Nima demoqchi ekanligimni tushunding-a, oppog‘im? Ha, sen nabiralarim orasida tushunadiganisan. Sal sho‘xligingni, o‘yinqaroqligingi aytmasa, albatta... Lekin men aytayotgan uncha-buncha sho‘xliklaring o‘zingga yarashadi. - Yarashgani shundaki, judayam haddingdan oshib ketmaysan. Agarda biror ayb ish qilsang darrovda kechirim so‘raysan va bu aybni boshqa qilmaslik harakatiga tushib qolasan. Ana o‘sha odating menga yoqadi, erkatoyim. Nimaga desang kechirim so‘rash degani, aslida chin dildan tavba qilish degani. Bu xatoni boshqa hech qachon qilmayman degani. Kattalar orasida ko‘p kuzatganman, kechirim so‘rashadi, oq tavba, qora tavba deyishadi-yu yana o‘sha xatoni qilaverishadi. Natijada bunday odamlarni atrofdagilar subutsizga chiqarib, unga ishonmay qo‘yishadi. Uhxo‘... bu juda yomon narsa. Bilsang, ish joyida, mahalla-ko‘yda ishonchni yo‘qotish, o‘lim bilan barobar. Odam zoti o‘zi bilmagan holda tirik murdaga aylanib qoladi. Bunaqa kishilar nafaqat boshqalarning, o‘z oila a’zolarining ham ishonchidan chiqib qoladilar. Bolalari, ha, dadammi, oberaman deydilar-u, baribir obermaydilar, aldaydilar deydigan bo‘ladilar. Eng yomoni bu illat bolalarga ham yuqishi mumkin. Bundan Xudoning o‘zi asrasin.
Muallif: Erkin Malik
Nashriyot: "Kitobdornashr"
Hajmi: 192 bet
Sana: 2026-yil
ISBN: 978-9910-5090-2-5
O‘lchami: 14x21 cm (84×108 1/16)
Muqovasi: yumshoq
«Nabiralarimga maktublar» (lotin)
28 000 сўм
- Stock: Сотувда бор
- Код: 7050
- Вазни: 0.19кг
- ISBN: 9789943268852
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 55