«Mahbub Payg‘ambar»
(Muhammad sollallohu alayhi va sallam)
Maqsadimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlarini ishonchli, sodda tilda, yengil uslubda yozilgan maʼlumotlar asosida biroz bo‘lsa-da yoritib berish. Bunda eʼtibor ul muhtaramning hayotlarida yuz bergan yirik voqealarga qaratiladi va shu bilan birga, ul zotning jismi shariflari hamda axloqu odoblari haqida qisqa so‘z yuritish, fazilatlari ummonidan qatralarni ko‘zga surtish ila ul zotni tanishga harakat qilish umidimiz bor.
MUQADDIMA
Alhamdu lillahi Robbil ʼalamiyn! Vassolatu vassalamu ʼalaa ashrofil mursaliyn! Har bir davrda ko‘plab yozuvchilar Nabiy sollalloxu alayhi va sallamning siyratlariga oid turli hajm- dagi kitoblar yozishgan. Bu xizmat hamon davom etib kelmokda, ulkan ummondan qimmatbaho toshlar topilmoqda. Hech shubha yo‘qki, biz bu maydonda ish ko‘rsatish uchun yetarli bilimga ega emasmiz. Shunga qaramay, natijasi qanday bo‘lishidan qatʼi nazar, ushbu muborak mavzuda nimadir yozishga bo‘lgan xohish qayta-qayta uyg‘onaverdi. Shoyadki, bu amal oxiratda najot topishimizga vosita bo‘lsa... Shunday qilib, siyrat mavzusida yozilgan turli tillardagi kitoblardan istifoda olgan holda moʻjaz kitobcha tasnif qilish niyat qilindi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tanish yo‘lida dastlabki qadamlardan bo‘lishini umid qilgan holda Allohning nomi ila ish boshladik. Maqsadimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlarini ishonchli, sodda tilda, yengil uslubda yozilgan maʼlumotlar asosida biroz bo‘lsa-da yoritib berish. Bunda eʼtibor ul muhtaramning hayotlarida yuz bergan yirik vokealarga qaratiladi va shu bilan birga, ul zotning jismi shariflari hamda axloku odoblari haqida qisqa so‘z yuritish, fazilatlari ummonidan katralarni ko‘zga surtish ila ul zotni tanishga harakat qilish umidimiz bor. Bu ishda Alloh subhonahu va taoloning O‘zi bizga madadkor bo‘lsin! Ushbu ishni faqatgina O‘zining biz istaganimizdan ham xayrli, barakotli, manfaatliligi uchun bo‘lmog‘ini nasib aylasin! Uning natijasini kilsin! Xato va kamchiliklarimizni mag‘firat aylasin! Siyrat mavzusi keng ko‘lamli bo‘lganidan kitobni uch bo‘limga bo‘lishni ixtiyor etdik: «Muhammad alayhissalom madhi va u zot bilan umumiy tanishuv», «Nubuvvatgacha bo‘lgan davr», «Olamlarga rahmat Payg‘ambar». Alloh taolo olamlar sarvari Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hayotlari haqida bo‘lgan ushbu kitobni kitobxonlar qo‘liga yetib borguncha hissa qo‘shgan barchadan rozi bo‘lsin! Uni o‘qib, dunyodagi hidoyatchimiz, oxiratdagi shafoatchimiz bo‘lgan zotning hayotlarini o‘rganib, u zotdan o‘rnak olib, u zotga ergashishni barchamizga nasib aylasin! Va so‘ngi duomiz: hamd olamlarning Robbi Allohga xosdir!
Akbarali Qobul o‘g‘li G‘iyosiddin Yusuf
Muallif: G‘iyosiddin Yusuf
Nashriyot: «Kitobdornashr»
Sana: 2022 yil
Hajmi: 155 bet
ISBN: 978-9943-8099-2-5
Bichimi: 84x108 1/32
Muqovasi: yumshoq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 4904-sonli xulosasi asosida tayyorlangan.
MUNDARIJA
1-bo‘lim
Muhammad alayhissalom madhi va u zot bilan umumiy tanishuv
Qurʼoni karimda u zot alayhissalom madhi
Hadisi sharifda u zot alayhissalom madhi
Musulmonlar zikrida u zot alayhissalom madhi
G‘arblik xolis mutafakkirlarning Payg‘ambarimiz haqlaridagi tavsiflari
Payg‘ambarimiz alayhissalomning baʼzi sifatlari
U zotning muborak ko‘rinishlari
Tabiatlari va qiziqishlari
Moʻjizalari
2 bo‘lim
Nubuvvatgacha davr
Fil voqeasi
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tug‘ilishlari bilan bog‘liq malomatlari
Shajaralari
Yaqin qarindoshlari
Nabiy alayhissalomning go‘zal ism va sifatlari
Emizilishlari Enagalari
Shakkus- sodr
Shomga birinchi safar
Shomga ikkinchi safar
Ilk nikoh
Kaʼbani qayta qurish
3 bo‘lim
Olamlarga rahmat payg‘ambar
Nabiy va Rasul orasidagi farq
Hiro g‘orida
Birinchi musulmonlar
Oshkora chorlov va unga qarshiliklar
Mo‘minlarning azoblanishi
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetgan ozorlar
Habashistonga birinchi hijrat
Habashistonga ikkinchi hijrat
Muvaffaqiyatsiz urinishlar
Savda roziyallohu anhoga uylanishlari
Toifga safar
Oyning bo‘linishi
Yasribliklar bilan uchrashuv
Madinai munavvarada islom
Meʼroj
Meʼrojning o‘gitlari
Ikkinchi aqaba bayʼati
Madinai munavvaraga hijrat
Saur g‘ori
Madinai munavvaraga safar
Alloh taoloning pinhon yordami
Moʻjiza
Kuboga tushish va hijriy taqvim haqida
Madinai munavvaraga kirish
Masjidun- nabaviyning qurilishi
Birodarlik
Azon
Islom- bag‘rikenglik dini Islom kilich bilan tarqalganmi?
G‘azot, jaysh va sariya
Gazot va sariya
Muhim g‘azot, sariya va voqealar
Hijriy birinchi yil
Hamza ibn Iyto
Abdulmuttalibning sariyasi
Ubayda ibn Horisning sariyasi
Hijriy ikkinchi yil Qiblaning o‘zgarishi
Abdulloh ibn Jahshning sariyasi va Islomdagi birinchi o‘lja
Badr jangi
Sahobalarning fidokorliklari
Alloh taoloning pinhon yordami
Musulmonlar vaʼdalarini bajarishlari
Abu Jahlning vafoti
Buyuk moʻjiza
Asirlarga nisbatan muomala
Islomda adolat va tenglik
Asirlarga nisbatan yaxshi munosabat
Taʼlimning ahamiyati
Shu yildagi boshqa voqealar
Hijriy uchinchi yil
Uhud jangi
Musulmonlarning fidokorliklari
Dahshatli xabar
Muborak yuzlari jarohatlandi
Sahobalarning mardliklari va fidokorliklari
G‘atafon jangi
Hijriy to‘rtinchi yil
Biʼri Maʼuna
Hijriy beshinchi yil
Ahzob ( xandak) jangi
Alloh taoloning pinhon yordami
Shu yildagi boshqa turli voqealar
Hijriy oltinchi yil
Abul Ossning Islomni qabul qilishi
Xudaybiya sulhi
Rizvon bayʼati va Islomning podshohlarga taklifi
Rasulullohning moʻjizalari
Dunyo podshohlariga Islomning taklifi
Xolid ibn Valid va Amr ibn Oss Islomni qabul qildi
Hijriy yettinchi yil
Xaybar jangi Fadak fathi
Qazo umra
Hijriy sakkizinchi yil
Muʼta g‘azoti
Makka fathi
Makka fathidan keyin mushriklarning muomalasi
Rasulullohning oliy xulklari va Abu Sufyon Islomni qabul kilishi
Hunayn jangi
Katta moʻjiza
Toif jangi
Jiʼronadan umra
Hijriy to‘qqizinchi yil
Tabuk gazoti
Bir necha moʻjizalar
Ziror masjidi
Vakillarning kelishi
Hazrati Abu Bakr- haj amiri
Hijriy o‘ninchi yil
Haj
Arofatda xutba
Hijriy o‘n birinchi yil
Hazrati Usomaning sariyyasi
So‘nggi bemorlik
Hazrati Abu Bakr- namozga imom
U zotning so‘nggi so‘zlari
Foydalanilgan manbalar
- Stock: Мавжуд
- Код: C4119
- Вазни: 0.21кг
- ISBN: 9789943809925