«Lison ut-tayr»
Insonning kamolotga erishish yo'llari yuksak mahorat bilan bayon etilgan, majoziy qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvufiy g'oyalar ifodalangan asar.
Ulugʻ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlari matnini oʻrganish uning hayotlik chogʻlaridayoq boshlab yuborilgan edi. Bu anʼana endilikda ham davom etayotir. Ayni maʼnoda ushbu tabdilda ilk bor shoir asarlarining matniy tadqiq qilinmagan jihatlari qayta oʻrganib chiqilgan. Eng muhimi, unda ulugʻ shoirning «Lison ut-tayr» asari ilk bor ham yangicha nasriy, ham sheʼriy tabdil qilindi. Bu tarz ulugʻ shoirning ushbu falsafiy-tasavvufiy asari mohiyatini soddalashtirib keng kitobxonlarga targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabdil adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos, matnshunos va barcha mumtoz sheʼriyatimiz muhiblariga manzur boʻladi, degan umiddamiz.
Soʻzboshi, tabdil va izohlar muallifi: Manzar Abdulxayr, Abdulhamid Pardaev
- Stock: йўқ
- Код: 2062
- Вазни: 0.45кг
- ISBN: 9789943206045