



Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Iymon» deb nomlangan kitobi
Ushbu kitob 1991-yilda birinchi nashrdan chiqqan edi. Islomning tamal toshi – iymon javhariga bagʻishlangan bu asar kitobxonlar tomonidan qizgʻin kutib olingan, tezda qoʻlma-qoʻl boʻlib oʻqilgan edi. Iymon masalasi diynimizning asosi boʻlgani tufayli, unga oid masalalarga bagʻishlangan mazkur kitobga boʻlgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, asarning ikkinchi, toʻldirilgan nashrini chop etishga qaror qilindi. Yangi nashrda bir qancha maqolalarga qoʻshimchalar kiritildi. Shuningdek «Sunnat», «Sunnat va ilmiy moʻjizalar», «Shariat», «Islom terrorga qarshi», «Islom giyohvandlikka qarshi», «Islom va tabiatni muhofaza qilish», «Islom moʻtadillik dini», «Islomda inson huquqlari», «Islom va boshqa din vakillari», «Islomda ayollar huquqlari», «Ayollar va tenghuquqlilik» kabi bir necha yangi maqolalar qoʻshildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining 2024-yil 19-dekabrdagi 03-07/7407-raqamli xulosasi asosida chop etildi.
Ushbu kitobninig elektron nashri ham bor. Uni oʻqish uchun sizga «Hilol eBook» dasturi kerak boʻladi:
Ushbu kitobda quyidagi masalalarga oid maʼlumotlar olishingiz mumkin:
- Stock: Мавжуд
- Код: 5537
- Вазни: 0.38кг
- ISBN: 9789910687198