«Chinor»
Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o'tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar...Bularning hammasi ham bir o'zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma'noda «tagli-zotli». Ularning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir mas'uliyatli yukni o'z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.
Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o'zaro bog'langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
Muallif: Asqad Muxtor
Nomi: «Chinor»
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Sana: 2018-yil
Hajmi: 576 bet
O‘lchami: 60x84 1/16
ISBN: 978-9943-27-560-7
Muqovasi: qattiq
«Chinor»
22 500 сўм
- Stock: Мавжуд
- Код: 1093
- Вазни: 0.43кг
- ISBN: 9789943275607
Сотилган сони: 15
Кўрилган сони: 110446