Menu
Your Cart

«Bu juda qiziq»

«Bu juda qiziq»
йўқ
«Bu juda qiziq»
(Mening birinchi ensiklopediyam)

Qo'lingizdagi «Bu juda qiziq» kitobi Siz yosh kitobxon uchun manfaat keltiruvdan qiziqarli ma'lumotlarni bayon etadi. Eng avvalo, o'zingizni - o'z tanangizni chi foydali do'st bo'ladi, degan umiddamiz. Zero, u sizga tanangiz haqida bir-biri- sevishni, uni ardoqlashni, turli zararli narsa va hodisalardan ehtiyot qilishni Sizga eslatib turadi. Kitob anatomiya darsliklari inson tanasi haqidagi so'nggi ma'lumotlarga ta- holda tuzildi. Kitobdagi bob va mavzularning joylashtirilishi darsliklar yangan asosida tuzilgan bo'lsa, undagi qiziqarli ma'lumotlar so'nggi ma'lumotlar va faktlarga tayangan holda yozildi. Birinchi bobda suyaklar va muskullarning tuzilishi, miqdori, rivojlanishi va ularga salbiy ta'sir qiluvchi omillar haqida so'z yuritiladi. Ushbu bob asosida suyak va muskullaringizni parvarish qilishda nimalarga e'tibor berish lozimligini bilib olishingiz mumkin. Ikkinchi bobda esa, hazm qilish sistemasi, bu tizimga kiruvchi barcha a'zolarning tuzilishi, joylashishi, rivojlanishi kabilar matn va rasm ko'rinishida berilgan. Uchinchi bobda nafas olish a'zolari haqidagi ma'lumotlar ilmiy va qiziqarli ravishda berib boriladi. Ayiruv organlari bobida faqatgina buyrak haqida ma'lumot berildi. Mazkur kitobning o'quvchilari yosh bolalar va o'quvchilar boʻlgani uchun ayiruv organlari umumiy holda rasmda berildi va matn koʻrinishi keltirilmadi. Zero, bunday berish milliy mentalitet va pedagogika nuqtayi nazaridan o'zini oqlaydi, deb o'ylaymiz. Qon aylanish sistemasi deb ataluvchi bobda yurak va qon tomirlarining joylashishi, tuzilishi, faoliyat tarzi kabilar berilgan. Ular ham qiziqarli ma'lumotlar va rasmlar asosida ochib beriladi. Nerv tizimi bobida inson miyasining tuzilishi, faoliyati, qanday imkoniyatlarga ega ekanligi rasmlar va qiziqarli ma'lumotlar asosida beriladi. Sezgi a'zolari bobida inson sezgi organlari haqida ma'lumotlar, ularning bizga beradigan imkoniyatlari haqida so'z yuritiladi. Undan keyin esa ichki sekretsiya bezlari, ularning rivojlanishimizdagi o'rni kabilar berilgan. So'ngida esa inson tanasidagi jonsiz a'zo sanalgan soch haqida ma'lumot beriladi.

Nashriyot: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Sana: 2019-yil
Hajmi: 96 bet
ISBN: 978-9943-07-692-1
Bichimi: 84×108 1/16
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Bu juda qiziq»
17 000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 2525
  • Вазни: 0.30кг
  • ISBN: 9789943076921
Сотилган сони: 6
Кўрилган сони: 15918
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.