Menu
Your Cart

«Ikki eshik orasi»

«Ikki eshik orasi»
йўқ

«Ikki eshik orasi»

«Rost bilan yolg'onning o'rtasi - to'rt enlik», degan gap bor. ko'z bilan quloqning orasi-to'rt enlik ekan. Eshitganingga emas, Qiziq, nega endi oz emas, ko'p emas, to'rt enlik? Gap shundaki, ko'rganingga ishon... Maqsad - shu. Bu kitobdagi ko'p odamlarni o'zim ko'rganman. Ko'plari bilan gaplashganman. Ba'zilarining o'zi bilan, ba'zilarining... ruhi bilan... Ba'zilari nimani gapirgan bo'lsa, shuni qog'ozga tushirdim. Baʼzilari nima gapirganini emas, nima o'ylaganini yozishga majbur boʻldim. (Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolg'on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini o'ylaydi.) Xullas, bu savdolar ko'p yillar davomida ko'p kishilarning boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish - sizlarga havola.... Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam bo'lmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda foje ko'payibroq ketmadimikin, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo hayot-nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa o'yin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan yigirma olti millioni bizning odamlar edi. Eng aziz, eng asil kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilarning joniga chang solib qolmadi. Minglab chaqirim naridagi odamlarni ham sinovdan o'tkazdi. Mushkul damlarda imonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga o'rnak bo'lsa ne ajab!

Muallif


Muallif: O'tkir Hoshimov
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Sana: 2021-yil
Hajmi: 584 bet
ISBN: 978-9943-27-754-0
O'lchami: 84x108 1/32
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Ikki eshik orasi»
22 500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 1101
  • Вазни: 0.30кг
  • ISBN: 9789943277540
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 9859
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.