«Ibodati islomiya»
Alloh taoloning kalomi Qur'on va janobi Rasululloh (s.a.v.) ning so'zlari, sunnatlari va hadislari insoniyat uchun go'yo doridir. Bizlarga bu dori hadislarni yetkazgan muqaddas olimlar dorixona egalaridir. Ular dorilarni ko'rsatib, kitoblarga bitib qo'yganlar. Eng ulug', eng shifobaxsh bo'lgan o'sha dorini o'z o'rnida ishlata bilish har kim ham uddalayveradigan oson ish emas. Ma'lumki, inson xastalansa garchi savodxon bo'lsa ham, dorixonadan o'zi dori tanlay olmaydi va tabibga murojaat qiladi. Shuning uchun ham bizlar agar hadislarni dorilar deb bilsak, mazhab imomlarini dorishunos tabiblar deb bilamiz. Siz bilan biz o'sha tabiblarni gaplariga quloq solsak, doridan to'g'ri foydalana olamiz. Mazhab bizning najotga borishimiz, oxirat diyorida ham baxtli bo'lishimiz uchun bir yo'ldir inshoalloh.
Mazkur kitobda iymon va islomning shartlari, shariatga doir muhim masalalar, xullas, har musulmon bilishi zarur bo'lgan ma'lumotlar diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan hanafiy mazhabi asosida qulay uslubda, savol-javob tarzida batafsil yoritilgan.
Muallif: Ahmad Hodiy Maqsudiy
Nashriyot: «Sano-standart»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 400 bet
ISBN: 978-9943-9097-9-3
O’lchami: 70×100 1/16
Muqovasi: Yumshoq
O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023-yil 5-iyuldagi 03-07/5101-sonli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi.
- Stock: йўқ
- Код: 4548
- Вазни: 1.89кг
- ISBN: 9789943909793