Menu
Your Cart

«Foydali nuqtalar»

«Foydali nuqtalar»
«Foydali nuqtalar»
«Foydali nuqtalar»
«Foydali nuqtalar»

«Foydali nuqtalar»

Qadimiy rivoyatlarga ko'ra Xitoyda bir dehqon muntazam bosh og'rig'idan qiynalib yurgan. Bir kun dalada yer chopayotganda adashib oyog'iga ketmon bilan zarba berib yuboradi. To'satdan bosh og'riq taqa-taq to'xtaydi. Bir qancha vaqt o'tib mamlakat bo'ylab boshi og'rigan insonlar oyoqlarini ketmon urishga tushib ketishadi. Bundan xabar topgan imperator saroy tabiblariga oddiyroq va qulayroq usul topishni buyuradi. Xullas, izlanishlar va turli bemorlarda tajriba va kuzatuvlar natijasida ma'lum bir nuqtalarni igna, kuydirish va uqalash orqali bemorlarni davolashni boshlashadi.

Keyinchalik, bu usullar Malayziya, Indoneziya, Filipin, Yaponiya, Vetnam, Tayland va Koreyaga tarqaldi.

Men o'zim 25 yildan ko'p harbiy qo'l jangi usullaridan instruktor bo'lib ishlaganman.

Jangovar sportlarda inson badanining har qanday joyiga zarba berilsa, bir xilda ta'sir ko'rsatmasligi ma'lum holat. Masalan bor kuch bilan yuz qismiga musht ursangiz, zarba yegan inson ko'p hollarda bunga chidashi mumkin. Lekin shu zarba kuchidan bir necha barobar kuchsiz zarbani malum bir nuqtaga ursangiz, inson hushidan ketib yiqilishi hattoki, o'lishi ham mumkin. Shunday nuqtalar bor-ki, ularga zarba tushganda inson umumiy yoki qisman falaj (paralich) holatiga tushadi. Qo'l va oyoqlar qisman yoki butunlay shol bo'lib qoladi.

Ba'zi xavfli nuqtalar bor-ki, ularga zarba tushganda inson vaqtincha yoki butunlay amneziya (xotirani yo'qotish) holatiga tushadi. Xattoki kim urganini ham eslay olmaydi. Bu aslida juda daxshatli holat. Masalan inson balanddan yiqilsa yoki avtohalokatga uchraganda ham xotirasini yo'qotishi mumkin.

Bu nuqtalar miyaga impuls signallarini beradi. Bu signallarni turlicha holda va boshqa qo'shimcha fast-akting zonalardagi nuqtalarga ta'sir qilib, inson xotirasini nafaqat tiklashi, balki, rivojlantirishi ham mumkin.

Ya'ni AKP nuqtalari 3 xil yo'nalishda foydalaniladi.

1. Og'riqni darhol to'xtatish.

2. Turli kasalliklardan davolanish.

3. Harbiy jangovar maqsadlarda.

Men Jeetkunedo Taekwondo va Qo'ljangi bo'yicha shogirdlarimni musobaqalarga tayyorlab olib chiqqan vaqtimda ajoyib topilmaga ega boʻlganman. Insondagi bu nuqtalar nafaqat kuchli og'riq yoki insonga qandaydir jismoniy zarar berishi, balki inson og'riqlarini tez to'xtatishi ham mumkin ekan. Musobaqa yoki mashg'ulot vaqtida keskin jarohat yoki travmalar olgan sportchini og'riq azobini kamaytirishni usullarini topishga harakat qildim.

Bu boradagi kitoblar va internet adabiyotlari orqali bilim- larimni oshirdim va real holatlarda tajribada sinadim va kuzatuvlarimni jamlab bordim.

Xullas, millatimizga foydamiz tegishini o'ylab FOYDALI NUQTALAR kitobini savob maqsadida yozishga qaror qildim.

Kitob so'ngida foydalanilgan adabiyot va manbalarni keltirib o'tildi. Bu kitob tabobat yo'nalishida bo'lganligi sababli jangovar nuqtalar ko'rsatilmadi. Faqat og'riqni to'xtatish va davolashga yordam beruvchi AKP nuqtalarini jamladik.

Bugungi kunda odamlar turli dorilar antibiotik tabletkalar va in'ektsiyalarga butunlay mukkasidan ketganlar. Sal bosh og'risa yoki ko'proq ovqat yeb qo'ysalar, darrov dori ichadilar. Vaholanki hech qaysi dori organizmning immuniteti kabi insonni kasallikdan tuzata olmaydi. Gippokrat tabiat davolaydi, tabobat esa faqat tabiatning xizmatkori, deganda aynan inson organizmining turli tashqi va ichki agressiyasiga qarshi kurashuvchi IMMUN tizimi organizmni o'z-o'zini davolashini nazarda tutgan. 

Shifokorlar qabulida gavjum boʻlgan ko'plab bemorlar, agar ular tanalarining tabiiy kuchiga ishonsalar, tezroq tuzalib ketishardi. Foydali nuqtalarni uqalash IMMUN tizimni kuchaytirish va organizmning GORMONAL tizimini stabillashishiga yordam beradi.

Nuqtalarni uqalashdan tashqari biz har bir muammoda qaysi tabiiy giyohlarni qabul qilishni ham tavsiya berib ketdik.

Kitobdan foydalanar ekansiz ota-onam va yaqinlarim, ustozlarim va shu kitob chiqarilishida yordam berganlarni haqqiga duo qilib qo'yishingizdan umidvormiz. Butun dunyoda tinchlik bo'lishini va hech kim kasal bo'lmasligini Allohdan so'rab qolamiz.


Muallifi: Shuxrat Xoʻja
Nashriyot: «Poytaxt exculisive» nashriyoti, 
Sana: 2024 yil  
Hajmi: 236 bet
ISBN: 978-9910-9369-2-0
Oʻlchami: 60x84 1/16
Muqovasi: Qattiq



Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Foydali nuqtalar»
199 000 сўм
  • Stock: Сотувда бор
  • Код: 5197
  • Вазни: 0.36кг
  • ISBN: 9789910881220
Сотилган сони: 1
Кўрилган сони: 219