Menu
Your Cart

«Entertaining stories»‎ (qiziqarli ertaklar) 1-kitob

«Entertaining stories»‎ (qiziqarli ertaklar) 1-kitob
йўқ

«Entertaining stories»‎ (qiziqarli ertaklar) 1-kitob

Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan ushbu ertaklar jamlanmasi yosh kitobxonlarga manzur bo'ladi. Chunki unda xalq ertaklari va zamonaviy ertaklar o'rin olgan. Qolaversa, har bir kichik voqelik va muallifning qisqa to'xtamlari alohida- alohida ingliz va o'zbek tilida ketma-ket berilgan. Bu, albatta, ingliz tilini o'rganishga kirishgan yoki bilimini mustahkamlash niyatida bo'lgan yoshlarga qo'l keladi. Bolajonlar ertakni mohiyatan yaxshi anglashi, so'zlarni nutqda to'g'ri qo'llay bilishi, lug'at boyligini yaxshilashi uchun har bir ertak so'ngida shu ertakda ko'p qo'llangan va ma'no yukiga ega asosiy so'zlardan tuzilgan lug'at berilgan. Asosiysi, ertaklardan ko'zlangan asosiy maqsad yaxshilik g'alabasi aytilgan, go'zal insoniy fazilatlar ulug'langan.


Tarjimon vs to'plab nashrga tayyorovchilar:
Nargiza Sotvoldiyeva, Nazira Sotvoldiyeva
Nashriyot: «Kitobdornashr»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 112 bet
ISBN: 978-9943-8645-0-4
O‘lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: yumshoq


Ingliz tilidan boshlang'ich darajadagi bilimga ega kitobxonlar ilmini mustahkamlashi uchun ushbu kitob ayni muddao. Birinchi qismdagi tarjima ertaklarning dastlabkilari elementary, keyingilari esa pre-intermediate darajasida. Ikkinchi kitobda intermediate darajadagi ertaklar berilgan. Bunday bosqichma-bosqich murakkablashish orqali mustaqil til o'rganuvchilarga yengillik yaratilgan. Ertaklar qiziqarliligi va Sharq tabiatiga yaqinligi bilan ham ajralib turadi. O'zbek tiliga mohirlik bilan tarjima qilingan. Ularni estetik zavq olish va ingliz tilidagi bilimingizni mustahkamlash maqsadida o'qishingiz mumkin.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Entertaining stories»‎ (qiziqarli ertaklar) 1-kitob
16 500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 4120
  • Вазни: 0.10кг
  • ISBN: 9789943864504
Сотилган сони: 5
Кўрилган сони: 7423
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.