Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi


21 - oktabir sanasi kuni «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida bir qator ustozlar bilan til bayramiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muhariri, jurnalist ustoz Ahmadjon Meliboyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchisi, oʻnlab kitoblar muallifi, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻqituvchisi Olim Oltinbek tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida ustozlarning tilimizga oid mulohazalari, dardlari, hozirgi kunda Oʻzbek tiliga munosabat va boshqa ona tilimizga oid qimmatli fikrlar bildirildi.

    

      


Suhbatni tomosha qiling: 
https://www.youtube.com/live/-W0th4MlT3A?si=KQP3-3sPlDZdYYTM