«Bir marta oʻqing, ming bora oʻylang» kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Bugun «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida «Kitobxonlik maktabi» loyihasining navbatdagi 89-soni boʻlib oʻtdi. Unda Nozimjon Hoshimjon hamda Xurshid Maʼruf tomonlaridan nashrga tayyorlangan "Bir marta o'qing, ming marta o'ylang" kitobining taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirga kitob mualliflari tashrif buyurib, kitob va uning yozilish tarixi haqida maʼlumotlar berdilar. Shuningdek, kitobni oʻqib kelgan tinglovchilar tomonidan ham asar haqida fikrlari bildirildi.

Taqdimot Qurʼoni Karim tilovati va xayrli duolar bilan yakuniga yetdi.

    

    


Suhbatni tomosha qiling: https://youtube.com/live/ZJt8i5b3L-A?feature=share