«Prokrust yotogʻi»
Nassim Taleb hayotiy va falsafiy iboralardan iborat kitobini bejizga «Prokrust yotogʻi» deb nomlamagan. Muallifning oʻzi taʼkidlaganidek, «Ushbu kitobdagi har bir iqtibos, har bir hikmatli soʻz u yoki bu Prokrust yotogʻi borasida».
Taleb qisqa, loʻnda va baʼzan paradoksal fikrlar orqali ortiqcha nazariyalar, soxta aniqlik va «hamma narsani tushuntirish» illyuziyasini tanqid qiladi. U haqiqiy donolik bilimni namoyish qilishda emas, balki, bilmaslikni tan olishda ekanini taʼkidlaydi. Kitobda muvaffaqiyat, omad, erkinlik, bilim va axloq kabi tushunchalarga kutilmagan va noodatiy rakursdan nigoh tashlanadi.
Muallif: Nassim Nikolas Taleb
Tarjimon: Sardor Salimov
Nashriyot: «Mega basim»
Sana: 2026 yil
ISBN: 978-9910-5356-0-4
Xajmi: 80 bet
O‘lchami: 13x20 sm (84x108 1/32)
Muqovasi: yumshoq
- Stock: Сотувда бор
- Код: 7381
- Вазни: 0.11кг
- ISBN: 978-9943-8250-4-8