«Alixonto‘ra Sog‘uniy»
(Jadid adabiyoti namoyandalari)
Vatanining mustabıdlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari Jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqıda asarlarıda kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q. Kitobxon Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o'qir ekan, o'zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun mas'ul inson sifatida namoyon qilishga o'zida jur'at topadi.
Nashrga tayyorlovchi: Nodirxon Shokirov
Nashriyot: «Zabarjad Media»
Sana: 2024 yil
Hajmi: 496 bet
ISBN: 978-9943-9259-9-1
O‘lchami: 60×84 1/16
Muqovasi: qattiq
MUNDARIJA
Ikki Turkiston g'ururi
She'rlar
Alixonto'ra Sog'uniy. Turkiston qayg'usi. I qism
Sovet hokimiyatining ilk qilmishlari
So'quluqda dunganlar qirg'ini
Koshg'arga hijrat va tarixiy mulohazalar
Qo'qon muxtoriyatiga aloqador voqealar
Dinsizlikka qarshi kurash
Bosmachilik harakatining tugashi va buning saboqlari
To'qmoqqa qaytgandan keyingi hodisalar
Takror hijrat yo'llarida
Qirg'izlarning kattasi Shobdon botir
Kommunist rejimining chorlikdan farqi
Qutulish yo'li
Hijrat safarimizning to'xtatilishi
Mahbuslik va xalos bo'lish
Sharqiy Turkistonga hijrat
G'ulja va ili o'lkasi haqida mushohadalar
Qumul qo'zg'oloni
General Go' davrada
Shin Dubanning hokimiyatga keltirilishi va Xo'tan qo'zg'oloni
Go'ning chetlatilishi va qo'zg'olonning bitirilishi
Shin Duban zulmidan qochish va mahbuslik
Asilxon Alixonto'ra o'g'li. Turkiston qayg'usi. II qism
Dahshatli tun
Aka ukaga badal
Hijrat harakati
Hibsdan qochish
Akamning rejalari
G'uljadagi ahvol
Akamning To'qmoqqa ketishlari
Shin duban diktatorligining boshlanishi
Vatanparvarlarga qarshi tuzoqlar
Zo'ravonlik siyosati
Ikkinchi qo'rqinchli tun
Otamiz qochqinlikda
Yulduz yaylovi haqida
Mustaqil hayotimiz
O'lkadagi o'zgarishlar
Oroltepa
G'ulja yo'lchiligi
1942-yil voqealari
Yorkent safari va keyingi voqealar
G'ulja qo'zg'oloni va sharqiy Turkiston jumhuriyatining qurilishi
Nafiri omm g'alabasi va milliy-ozodlik harakatining kengayishi
Sovetlarning xiyonati va natija
Xotima o'rniga
Kim kimdir
- Stock: Сотувда бор
- Код: 4709
- Вазни: 0.56кг
- ISBN: 9789943925991